Men hali beşta rektor emas, bittasini ham işdan olmadim — Erkinjon Turdimov

eʼlon qilindi
Rektorlar faoliyatini maxsus işçi guruh örganadi
Ta’lim vaziri beş rektorni işdan olganini rad etdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari, ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim muassasalaridagi beş rektorni işdan olgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning aytişiça, hozirça birorta rektor lavozimidan olinmagan, yiğilişda esa tört nafar rektor qattiq ogohlantirilgan.

Bu haqda vazir samarqandlik jurnalist Karimberdi Töramurod bilan suhbatda ma’lum qildi. Turdimovning aytişiça, vazirlikda rektorlar faoliyatini örganiş uçun maxsus işçi guruh tuzilgan.

«Avvalo, men hali beşta rektor emas, bittasini ham işdan olmadim. Yiğilişda beşta emas, törtta rektorni qattiq ogohlantirdim», – dedi vazir.

Uning qöşimça qilişiça, qaysi rektor öz lavozimida qolişi yoki qolmasligi işçi guruhning xulosasi asosida hal qilinadi.

Vazir ta’lim sifatini tanqid qildi

Turdimov suhbat davomida oliy ta’limdagi sifat bilan boğliq muammolarga ham töxtaldi. Uning aytişiça, nomi oşkor qilinmagan oliy ta’lim muassasasida rektor tomonidan eng yaxşi deb körsatilgan 10 nafar talabadan standart test olingan. Vazirga köra, ularning birortasi ham qoniqarli baho oliş darajasidagi natijani qayd etmagan.

Turdimov ta’lim sohasini endi örganayotganini, biroq boşqaruv tajribasiga ega ekanini ta’kidladi.

«Men ta’lim tizimida olamşumul inqilobiy özgarişlar qila olmasman, ammo tizimda tartibni örnataman», – dedi u.

Maktablardagi davomat ham nazoratga olinadi

Vazir maktablardagi davomat darajasi ham pastligini aytdi. Uning sözlariga köra, ayrim maktablarda öquvçilarning darsga kelişi 50 foizga ham yetmayapti.

Turdimov Toşkentda har bir maktab va sinfdagi davomatni raqamli kuzatiş tizimi sinovdan ötkazilayotganini ma’lum qildi. Keyinçalik bu tizimni butun respublika böylab joriy etiş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, vazir maktab darsliklaridagi xatolar böyiça tegişli taşkilotlarga takliflar yuborilganini bildirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Erkinjon Turdimov maktab direktorlarini turli yiğilişlarga çaqiriş amaliyotiga yöl qöymaslik kerakligini bildirgan edi.

Shuningdek