Qoraqalpoğistonda qor, uy-joy qurilişida eskrou va Özbekiston Pro-ligasida janjal — 10-noyabr yangiliklari

Qoraqalpoğistonda qor, uy-joy qurilişida eskrou va Özbekiston Pro-ligasida janjal — 10-noyabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Özbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana 4,5 foizga kamaydi

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-noyabr holatiga $63,6 mlrdni taşkil qildi. Bu körsatkiç 1-oktabrga nisbatan $2,96 mlrd yoki 4,5 foizga tuşganini körsatadi. Bu 2025-yil dekabridan beri eng past körsatkiç ($61,2 mlrd).
«Özbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil oktabr oyida $2,96 mlrdga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining $4,18 mingdan $3,98 minggaça tuşişining ta’siri -3,0 mlrd dollarni taşkil etdi», – deyiladi regulyator izohida.
Qoraqalpoğistonda qor yoğdi — video

Qoraqalpoğistonning ayrim hududlarida 10-noyabrga ötar keçasi qor yoğdi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumanida 10-noyabr kuni mavsumning birinçi qori yoğdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi. Mahalliy hokimlik hududdagi mavsum uçun ilk qordan rasmlar ulaşdi.



6-yanvardan haydovçilar jarimalari böyiça yangi tartib kuçga kiradi

Özbekistonda yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça ma’muriy işlarni rasmiylaştiriş va jarimalarni körib çiqişning yangi tartibi tasdiqlandi. Hujjat rasmiy e’lon qilinganidan ikki oy ötib, 2027-yil 6-yanvardan kuçga kiradi.
Yangi tartibga köra, yöl harakati qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma, asosan, YHXXning «Ma’muriy amaliyot» elektron tizimi orqali planşet yoki kompyuterda rasmiylaştiriladi. Haydovçi, guvoh va boşqa iştirokçilarga elektron bayonnomani elektron imzo yoki barmoq izi bilan tasdiqlaş taklif etiladi.
Uy-joy qurilişida eskrou tizimi böyiça qonun Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida qurişni tartibga soluvçi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi va Senatga yubordi. Hujjat uluşdorlarning mablağlarini himoya qiliş uçun eskrou hisobvaraqlaridan foydalanişni nazarda tutadi.
Qonun loyihasiga köra, uluşdorlarning mablağlari töğridan töğri quruvçi ixtiyoriga berilmaydi. Pul bankda oçiladigan eskrou hisobvarağida saqlanadi. Quriliş belgilangan talablarga muvofiq yakunlanib, obyekt foydalanişga topşirilgandan keyingina mablağ quruvçiga ötkaziladi.
Bahodir Jalolov World Boxing reytingida törtinçi öringa kötarildi

Özbekistonlik superoğir vazn bokscisi Bahodir Jalolov World Boxing xalqaro boks taşkiloti reytingida birdaniga 3 poğonaga kötarilib, törtinçi örinni egalladi. Taşkilotning yangilangan reytingida Jalolov yettinçi örindan törtinçi poğonaga kötarilgan.
Jalolov joriy yil 17-oktabr kuni Londonda britaniyalik Solomon Dakresga qarşi ringga çiqib, 10 raund yakunida ğalaba qozongan edi. Beşinçi raundda özbekistonlik boksçi raqibini nokdaunga ham tuşirdi. Uşbu ğalabadan keyin Jalolovning professional boksdagi natijasi 18 ta jang va 18 ta ğalabaga yetdi. Şulardan 15 tasini u muddatidan oldin yakunlagan.
Talimarjon IESning 1,2 mlrd sömlik reklama tanlovi savdosi bekor qilindi

«Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ötkazilgan 1,2 mlrd sömdan ortiq qiymatdagi tanlov savdosi bekor qilindi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi ma’lum qildi.
Savdo korxona hududi va binolariga reklama bannerlari hamda yozuvlar örnatiş işlarini bajaruvçini aniqlash uçun ötkazilgan. Qömitaning Qaşqadaryo viloyati hududiy boşqarmasi kelib tuşgan murojaat asosida tanlov jarayonini «Raqobat töğrisida»gi Qonun talablariga muvofiqligi örganilgan.
Özbekiston Pro-ligasida janjal: futbolçilar öyin vaqtida muştlaşdi

Özbekiston Pro-ligasining sönggi turida «Ğazalkent» va «Respublika FA» jamoalari futbolçilari örtasida muştlaşuv yuz berdi. Holat Professional futbol ligasining Tartib-intizom qömitasi tomonidan örganiladi. Bu haqda Özbekiston Professional futbol ligasi (ÖzPFL) xabar berdi.
Voqea 9-noyabr kuni Pro liganing 26-turi doirasida ötkazilgan «Ğazalkent» – «Respublika FA» uçraşuvida sodir bölgan. Uçraşuv komissari bildirgisiga köra, tartibsizlik oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Vaziyat stadionda xavfsizlikni ta’minlaş uçun jalb qilingan xodimlar tomonidan bartaraf etilgan.
Eldor Şomurodov Özbekiston terma jamoasi yiğiniga qöşildi

Özbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Şomurodov yiğinning dastlabki kunlarini ötkazib yuborganidan keyin, 10-noyabr kuni jamoa ixtiyoriga yetib keldi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Avvalroq Şomurodov oilaviy sabablarga köra terma jamoa yiğiniga keçroq qöşilişi ma’lum qilingandi. Şu tariqa futbolçi jamoadoşlari bilan maşğulotlarga qöşildi.
Damas avtomobilini qiş mavsumiga qanday tayyorlaş kerak

Sovuq kunlar boşlanişi bilan Chevrolet Damas haydovçilari e’tiborliroq bölişi talab etiladi. Past haroratli kunlarda akkumulyatorga dvigatelni işga tuşiriş qiyinlaşadi, moy va boşqa texnik suyuqliklar esa quyuqlaşişi mumkin.
Sirpançiq yöllarda avtomobilni boşqariş qiyinlaşadi, şinalarning yöl bilan işqalanishi kamayib, avtomobil osonroq sirpanadi. Ayniqsa, har kuni yölovçi va yuk taşiydigan haydovçilar avtomobilning texnik holatini muntazam nazorat qilib borişi muhim.