11-noyabr kuni qayerlarda yomğir yoğadi

11-noyabr kuni Özbekistonning bir qator hududlarida yomğir yoğadi, ayrim joylarda u kuçli bölişi mumkin. «Özgidromet»ga köra, Qoraqalpoğiston va toğli hududlarda qor kutilmoqda. Toğoldi va toğli joylarda sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi ehtimoli ham bor.
Toşkent şahrida keçasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ğarbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5–7 daraja, kunduzi 8–10 daraja iliq böladi.
Ayrim viloyatlarda kuchli yomğir yoğadi
Toşkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli bölişi mumkin. Keçasi harorat 3–8 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.
Samarqandda keçasi va ertalab yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli böladi. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi.
Qaşqadaryo va Surxondaryoda ham keçasi hamda ertalab yomğir yoğadi. Şamol ayrim joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Kunduzi harorat 8–13 daraja iliq böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli bölişi mumkin. Şamol 13–18 m/s gaça kuçayişi ehtimoli bor.
Qoraqalpoğistonda qor yoğişi mumkin
Qoraqalpoğiston va Xorazmda asosan yoğingarçilik kutilmaydi. Biroq Qoraqalpoğistonning ayrim joylarida qor yoğişi mumkin. Bu hududlarda keçasi harorat −2…−7 daraja, kunduzi 3–8 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi harorat −3 darajadan +2 darajagaça, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.
Toğlarda yomğir qorga aylanadi
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi, yomğir qorga aylanişi mumkin.
Ba’zi joylarda kuçli yoğingarçilik va tuman kutilmoqda. Keçasi harorat −5…−10 daraja, kunduzi esa 0–5 daraja iliq böladi. 10–11-noyabr kunlari uşbu hududlarda sel va suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumani va Jasliq meteostansiyasida 10-noyabr kuni mavsumning birinçi qori yoğgani haqida xabar berilgandi.