12 yildan beri qidiruvda bölgan şaxs AQŞdan Özbekistonga qaytarildi

Özbekiston huquq-tartibot idoralari 2014-yildan buyon qidiruvda bölgan fuqaroni AQŞdan mamlakatga qaytardi. Bu haqda Jizzax viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 1978-yilda tuğilgan Yu.N. AQŞda qölga olinib, Özbekistonga olib kelingan. U Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Qayd etilişiça, u Jizzax şahar prokuraturasiga topşirilgan.
Huquq-tartibot organlari qidiruvda bölgan şaxslarni aniqlaş, ularni mamlakatga qaytariş va qonuniylikni ta’minlaş böyiça işlarni davom ettirmoqda.
Avvalroq firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Istanbulda qölga olingandi.