6-yanvardan haydovçilar jarimalari böyiça yangi tartib kuçga kiradi

eʼlon qilindi
YHXX xodimi joyida jarima ola olmaydi
«GAI» to‘xtatganda hujjatlarning elektron shaklini taqdim etsa bo‘ladimi
Foto: e-Jarima

Özbekistonda yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça ma’muriy işlarni rasmiylaştiriş va jarimalarni körib çiqişning yangi tartibi tasdiqlandi. Hujjat rasmiy e’lon qilinganidan ikki oy ötib, 2027-yil 6-yanvardan kuçga kiradi.

Yangi tartibga köra, yöl harakati qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma, asosan, YHXXning «Ma’muriy amaliyot» elektron tizimi orqali planşet yoki kompyuterda rasmiylaştiriladi.

Haydovçi, guvoh va boşqa iştirokçilarga elektron bayonnomani elektron imzo yoki barmoq izi bilan tasdiqlaş taklif etiladi.

Şu bilan birga, YHXX xodimlariga qoidabuzardan joyida naqd jarima oliş qat’iyan taqiqlanadi. Jarimani bank kassasi, elektron tölov tizimi yoki mobil ilova orqali tölaş mumkin.

Jarima ustidan 10 kun içida şikoyat qiliş mumkin

Haydovçi jarima töğrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boşlab 10 kun içida yuqori turuvçi organga yoki tuman va şahar jinoyat işlari böyiça sudiga şikoyat qilişi mumkin.

Şikoyat belgilangan muddatda berilsa, qarorning ijrosi şikoyat körib çiqilguniga qadar töxtatiladi. Ma’muriy qamoq töğrisidagi qarorlar bundan mustasno.

Agar jarima töğrisidagi qaror bekor qilinsa, oldin undirilgan mablağ qonunçilikda belgilangan tartibda qaytariladi.

Jarima ballari bir yil hisoblanadi

Ayrim yöl harakati qoidabuzarliklari uçun asosiy jazoga qöşimça ravişda jarima ballari ham beriladi. Bitta qoidabuzarlik uçun eng köp 2 ball hisoblanadi. Ballar birinçi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boşlab bir yil davomida töplanadi va bir yil ötgaç avtomatik ravişda öçiriladi.

Agar bir yil davomida ballar 12 balldan oşsa, qöşimça jazo masalasini hal qiliş uçun iş materiallari avtomatik ravişda sudga yuboriladi.

60 kunda tölanmagan jarima avtomobilni uşlaşga sabab bölişi mumkin

Jarima qaror çiqarilgan kundan boşlab 60 kun içida tölanişi kerak. Agar tölov amalga oşirilmasa, avtomobil jarima haqidagi qaror ijro etilguniga qadar uşlab turilişi mumkin.

Biroq haydovçi jarimani elektron tölov tizimi, mobil ilova yoki bank kassasi orqali joyida töliq tölasa va bu tizimda tasdiqlansa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilmaydi.

Jarimani 50 yoki 70% bilan tölaş mumkin

Haydovçi qarorni olganidan söng 15 kun içida jarimaning 50 foizini yoki 30 kun içida 70 foizini ixtiyoriy tölasa, qolgan qismini tölaşdan ozod qilinadi.

Biroq bu tartib ayrim huquqbuzarliklarda, qaror ustidan şikoyat berilganda yoki xuddi şu qoidabuzarlik bir yil içida takror sodir etilganda qöllanilmaydi.

Haydovçi istalgan hududdagi markazga murojaat qila oladi

Yangi yöriqnomada «yagona darça», «eksterritoriallik» va «open space» tamoyillari ham belgilangan. Bu haydovçiga yaşaş joyidan qat’i nazar, istalgan hududiy ma’muriy amaliyot markaziga murojaat qiliş imkonini beradi.

Markazlarda elektron navbat yölga qöyiladi. Murojaatni körib çiqişda fuqarodan davlat organlarida mavjud ma’lumot va hujjatlarni qayta talab qilişga yöl qöyilmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda haydovçilik guvohnomasini noqonuniy olib berişni va’da qilganlar uşlangani haqida xabar berilgandi. Tezkor tadbirlar poytaxtning Yaşnobod va Şayxontohur tumanlarida, şuningdek, Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan.

Shuningdek