Arazlagan Aliyev Erdöğonning aşaddiy muxolifatçisi bilan gaplaşdi

Turkiyaning «Yangi partiya» raisi Özgur Özel Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. U Ozarbayjon rahbari va xalqini Ğalaba kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berildi.
Özel Aliyevni Ğalaba kuni bilan tabrikladi
Telefon muloqoti 9-noyabr kuni bölib ötgan. Özgur Özel Ozarbayjonning 8-noyabrda nişonlangan Ğalaba kuni munosabati bilan Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqiga tabriklarini yetkazgan. Aliyev tabrik uçun Özelga minnatdorlik bildirgan.
Muloqot davomida Ozarbayjon va Turkiya davlatlari hamda xalqlari örtasidagi döstlik hamda qardoşlik aloqalari mustahkam ekani yana bir bor ta’kidlangan.
Özel Qoraböğdagi qurbonlarni yodga oldi
Turkiyaning «Yangi partiya»si tomonidan berilgan ma’lumotga köra, Özel Qoraböğdagi uruşda halok bölganlarni yodga olgan va ikki davlat örtasidagi munosabatlarni rivojlantirişga konstruktiv hissa qöşişga tayyorligini bildirgan.
U Ozarbayjonning qayğusi Turkiyaning ham qayğusi, quvonçi esa Turkiyaning quvonçi ekanini ta’kidlagan. Aliyev esa Özelni «Yangi partiya» taşkil etilgani bilan tabriklab, unga va partiyasiga muvaffaqiyat tilagan.
Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi araz qayerdan çiqdi
Gap oktabr oyida Ozarbayjondagi maktablarda römol öragan öquvçi-qizlar va ayrim öqituvçilar bilan boğliq mojarolar ortidan boşlangan bahslar haqida ketmoqda.
Uşbu voqealardan keyin Turkiyadagi ayrim siyosatçilar, jamoatçilik vakillari va jurnalistlar Ozarbayjon rahbariyatini tanqid qildi. Aliyev esa Qoraböğ uruşida Ozarbayjonni qöllab-quvvatlamaganlarning mamlakat içki işlariga aralaşişga haqqi yöqligini aytdi.
Aliyev muayyan davlat nomini tilga olmagan, biroq uning gaplari Turkiyaga qaratilgani haqida taxminlar paydo böldi.
Şundan keyin Ozarbayjon turkiyalik 31 kişini mamlakatda istalmagan şaxslar röyxatiga kiritdi. Aliyev esa 29 – 30-oktabr kunlari Anqarada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida qatnaşmadi. Uning örniga Ozarbayjon delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov boşçilik qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğonning maslahatçisi Oqtoy Saral ham Ozarbayjonning maktab formasi siyosatini tanqid qilganidan keyin lavozimidan çetlatildi.
Bu orada Erdöğan 8-noyabr kuni rafiqasi bilan Qoraböğga bordi. Taşrif Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi siyosiy taranglik fonida amalga oşirildi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon Ozarbayjon bilan munosabatlarda yuzaga kelgan kelişmovçiliklarga qaramay, ikki davlat örtasidagi hamkorlik va qardoşlik riştalari mustahkamligini ta’kidlagandi.