Eldor Şomurodov Özbekiston terma jamoasi yiğiniga qöşildi

eʼlon qilindi
Özbekiston terma jamoasini ikkita örtoqlik uçraşuvi kutmoqda
Foto: Özbekiston futbol assotsiatsiyasi

Özbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Şomurodov yiğinning dastlabki kunlarini ötkazib yuborganidan keyin, 10-noyabr kuni jamoa ixtiyoriga yetib keldi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Avvalroq Şomurodov oilaviy sabablarga köra terma jamoa yiğiniga keçroq qöşilişi ma’lum qilingandi. Şu tariqa futbolçi jamoadoşlari bilan maşğulotlarga qöşildi.

Şu bilan birga, Abduqodir Husanov noyabr oyidagi yiğinda iştirok etmaydi. Terma jamoaning murabbiylar va tibbiy ştablari himoyaçining holatini inobatga olib, tiklaniş jarayonini davom ettirişi uçun uni yiğindan ozod qilişga qaror qilgan.

Özbekiston terma jamoasini ikkita örtoqlik uçraşuvi kutmoqda

Özbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Rossiya va Saudiya Arabistoni jamoalariga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvlarida maydonga tuşadi.

Rossiyaga qarşi bahs 12-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bölib ötadi. Uçraşuv soat 20:00 ga belgilangan.

Saudiya Arabistoni bilan öyin esa 17-noyabr kuni Qatarning Doha şahrida ötkaziladi.

Avvalroq 12-noyabr kuni Toşkentda Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida bölib ötadigan örtoqlik uçraşuvini tojikistonlik hakamlar brigadasi boşqarişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek