Namangan aeroportida mayiz va yonğoq orasidan 109 mln sömlik oltin topildi

eʼlon qilindi
Zargarlik buyumlari Hindistonga ucib ketayotgan şaxs yukida bölgan
Foto: bojxona.uz

Namangan xalqaro aeroportida Hindistonga olib ketilayotgan mayiz va yonğoqlar orasidan qariyb 109 mln sömlik oltin va zargarlik buyumlari aniqlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi ma’lum qildi.

Gumondor Hindistonga uçib ketayotgan bölgan

Foto: bojxona.uz

«Namangan aeroporti» çegara bojxona posti xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati aviatsiya xavfsizligini ta’minlaş xizmati va Çegara qöşinlari bilan hamkorlikda «Namangan – Dehli» reysi orqali Hindistonga uçib ketayotgan fuqaroning yuklarini tekşirgan.

Tekşiruv vaqtida mayiz va yonğoq aralaşmasi solingan paket xodimlarning e’tiborini tortgan. Şu sababli yuk qöşimça ravishda sinçiklab tekşirilgan.

Tilla buyumlar mayiz va yonğoqlar orasiga yaşirilgan

Natijada mayiz va yonğoq aralaşmasi içidan qölbola usulda tayyorlangan 4 ta oltin quymaça va zargarlik buyumlari topilgan. Ularning umumiy oğirligi 90,45 gramm, qiymati esa 108 mln 540 ming sömni taşkil etgan. Hozirda holat yuzasidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq Yaşnobod tumanidagi xonadondan aksiz markasi bölmagan 20 mingdan ortiq quti tamaki mahsuloti topilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek