Özbekiston Pro-ligasida janjal: futbolçilar öyin vaqtida muştlaşdi

eʼlon qilindi
Tartibsizlik oqibatida heç kim tan jarohati olmagan
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Özbekiston Pro-ligasining sönggi turida «Ğazalkent» va «Respublika FA» jamoalari futbolçilari örtasida muştlaşuv yuz berdi. Holat Professional futbol ligasining Tartib-intizom qömitasi tomonidan örganiladi. Bu haqda Özbekiston Professional futbol ligasi (ÖzPFL) xabar berdi.

Janjalga nima sabab böldi

Voqea 9-noyabr kuni Pro liganing 26-turi doirasida ötkazilgan «Ğazalkent» – «Respublika FA» uçraşuvida sodir bölgan. Uçraşuv komissari bildirgisiga köra, tartibsizlik oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Vaziyat stadionda xavfsizlikni ta’minlaş uçun jalb etilgan xodimlar tomonidan bartaraf qilingan.

ÖzPFL ma’lum qilişiça, janjalga sabab bölgan holatlar, unda qatnaşgan futbolçilar va rasmiy şaxslarning xatti-harakatlari Tartib-intizom qömitasi tomonidan körib çiqiladi. Zarur deb topilsa, huquqiy baho beriş uçun materiallar vakolatli organlarga yuboriladi.

Pro liga qanday yakunlandi

«Ğazalkent» – «Respublika FA» uçraşuvi 3:0 hisobida «Respublika FA» foydasiga yakunlangan. Mavsum yakunlariga köra, «Aral» 61 oçko bilan birinçi örinni egallab, Superligaga töğridan töğri yöllanmani qölga kiritdi.

«Şörtan», «Metallurg», «FarDU» va «Olimpik Mobiuz» jamoalari esa pley-off uçraşuvlarida qatnaşadi.

Avvalroq 12-noyabr kuni Toşkentda Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida bölib ötadigan örtoqlik uçraşuvini tojikistonlik hakamlar brigadasi boşqarişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek