Özbekiston Xitoy va Qozoğiston bilan aviareyslarni oşiradi

Özbekiston va Xitoy örtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 100 tadan 114 tagaça oşiriş böyiça kelişuvga erişildi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi ma’lum qildi.
Kelişuv 3 – 5-noyabr kunlari Toşkentda bölib ötgan «Markaziy Osiyo – Xitoy» (C5+1) formatidagi fuqarolik aviatsiyasi böyiça işçi guruhning uçinçi yiğilişi doirasida imzolandi.
Muzokaralarda Özbekiston, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston aviatsiya ma’muriyatlari hamda aviakompaniyalari vakillari qatnaşdi.
Tomonlar «Havo ipak yöli»ni birgalikda yaratiş, havo transporti bozorini erkinlaştiriş, parvozlar xavfsizligini oşiriş va fuqarolik aviatsiyasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalarini muhokama qildi.
Qozoğiston bilan ham reyslar köpaytiriladi
Yiğiliş doirasida Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi aviaqatnovlarni kengaytiriş böyiça ham kelişuvga erişildi.
Xususan, Toşkent – Olmaota va Toşkent – Ostona yönalişlarining har birida haftalik reyslar sonini 42 tadan 60 tagaça oşirişga ruxsat berildi. Boşqa yönalişlar böyiça esa haftalik reyslar limiti 14 tadan 20 tagaça köpaytiriladi.
Transport vazirligi ma’lumotiga köra, yangi kelişuvlar xalqaro transport aloqalarini rivojlantiriş, yölovçilar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş hamda savdo-iqtisodiy va turizm sohalaridagi hamkorlikni faollaştirişga xizmat qiladi.
Bunda kelişuvlarda belgilangan raqamlar ruxsat etilgan haftalik qatnovlar sonini anglatadi. Aviakompaniyalar uşbu imkoniyatdan qaçondan va qanday hajmda foydalanişi hozirça oçiqlanmagan.
Işçi guruhning navbatdagi yiğilişi 2027-yilda Qirğizistonda ötkazilişi rejalaştirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi muntazam aviaqatnovlarni kengaytiriş böyiça kelişuvga erişilgani haqida xabar bergan edi.