Özbekistonda ayrim iPhone’lar bojxonada 30 kungaça ekspertizada qolişi mumkin

eʼlon qilindi
6-noyabrdan boşlab Özbekistonga mobil qurilmalarni olib kiriş va ularning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş ustidan nazorat kuçaytirilgan
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Özbekistonda çetdan olib kirilgan ayrim iPhone smartfonlari qöşimça tekşiruv uçun 30 kungaça ekspertizaga yuborilayotgani aytilmoqda. Foydalanuvçilar qurilmalarni bir kun içida rasmiylaştiriş uçun $400 dan $1 100 gaça mablağ söralayotganini bildirmoqda.

Ma’lum qilinişiça, 6-noyabrdan boşlab Özbekistonga mobil qurilmalarni olib kiriş va ularning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş ustidan nazorat kuçaytirilgan. Ayrim telefonlar qöşimça ekspertizaga yuborilmoqda. Tekşiruv jarayoni 30 kungaça davom etişi mumkin.

Foydalanuvçilarning aytişiça, tekşiruv vaqtida smartfonlar aeroportda olib qolinişi mumkin. Şu bilan birga, qurilmani bir kun içida rasmiylaştiriş imkoniyati ham taklif etilmoqda, biroq buning uçun yuqoriroq tölov talab qilinayotgani bildirilgan.

Xususan, iPhone 18 Pro Max smartfonini rasmiylaştiriş uçun avval taxminan $150 tölangan bölsa, hozir foydalanuvçilarga şu summa evaziga 30 kungaça kutiş yoki bir kun içida rasmiylaştiriş uçun qariyb $450 tölaş variantlari taklif etilayotgani aytilmoqda. Boşqa modellarda tezlaştirilgan rasmiylaştiriş narxi $400 dan $1 100 gaça yetişi mumkin.

Bojxona nazoratni kuçaytiriş sababini tuşuntirdi

Bojxona qömitasi matbuot xizmatining qilişiça, nazoratning kuçaytirilişiga IMEI-kodlarini soxtalaştiriş va klonlaş, boşqa qurilmalarga tegişli identifikatorlardan foydalaniş hamda telefonlarni mamlakatga noqonuniy olib kiriş holatlari sabab bölgan.

Qömita ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekistonga rasmiy ravişda 4 mln dona mobil qurilma olib kirilgan. Şu davrda Davlat budjetiga 1,6 trln söm bojxona tölovlari tuşgan.

Bojxona qömitasining keltirilgan izohida $400 – 1 100 miqdoridagi tezlaştirilgan rasmiylaştiriş tölovlari haqida ma’lumot berilmagan. Uşbu summalar hozirça foydalanuvçilarning bildirişlariga asoslangan, ularning rasmiy tarif ekani tasdiqlanmagan.

Avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida qiymati qariyb 310 mln söm bölgan 20 ta sönggi rusumdagi iPhone’ni noqonuniy olib kirişga uriniş aniqlangandi.

Shuningdek