Qirğiziston Andijonda Boş konsulxona oçadi

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Andijon şahrida mamlakatning Boş konsulxonasini oçiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Yangi diplomatik vakolatxona Özbekistonning Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi. Bu haqda 24.kg naşri xabar berdi.
Hujjatga köra, konsullik okrugiga uçta viloyat – Andijon, Farğona va Namangan kiradi. Boş konsulxonaning asosiy vazifasi Özbekistonda bölib turgan Qirğiziston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularga konsullik xizmatlarini körsatişdan iborat.
Şuningdek, vakolatxonaning oçilişi ikki davlat örtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytiriş hamda fuqarolar uçun qulay şaroit yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Qirğiziston Vazirlar Mahkamasiga konsulxonani oçiş bilan boğliq taşkiliy va moliyaviy masalalarni hal qiliş, şuningdek, tegişli me’yoriy hujjatlarni farmonga muvofiqlaştiriş topşirilgan.
Farmon e’lon qilingan kundan boşlab 10 kun ötgaç kuçga kiradi.
Avvalroq AQŞning Sietl şahrida Özbekiston Respublikasining Boş konsulxonasi rasman öz faoliyatini boşlagani haqida xabar berilgandi.