Tanzila Norboyeva Koreya prezidenti bilan 12 mlrd dollarlik loyihalarni muhokama qildi

Özbekiston va Janubiy Koreya qariyb 12 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, innovatsion va texnologik hamkorlikni rivojlantiriş hamda yangi sanoat quvvatlarini yaratişga kelişgan. Uşbu kelişuvlarni amaliy natijaga aylantirişda parlamentlarning iştirokini kuçaytiriş masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning Koreya Respublikasi prezidenti Li Çje Myon bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.
$12 mlrdlik loyihalar muhokama qilindi
Norbayeva boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasida rasmiy taşrif bilan bölib turibdi. Delegatsiya 9-noyabr kuni Seulda prezident Li Çje Myon bilan uçraşgan.
Uçraşuvda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi davlat taşrifi va oliy darajadagi muzokaralar yakunlari muhokama qilindi. Koreya rahbari ikki mamlakat örtasidagi alohida strategik şeriklik yangi mazmun va kölam kasb etayotganini ta’kidladi.
Tomonlar qariyb 12 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, innovatsion va texnologik alyansni rivojlantiriş, yangi sanoat quvvatlarini yaratiş hamda hududlararo aloqalarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratdi.
Şuningdek, ta’lim, tibbiyot, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, yoşlar va ilmiy doiralar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Parlamentlarga qanday vazifa yuklanadi
Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni qonunçilik bilan ta’minlaş va ularning ijrosini parlament nazorati orqali jadallaştiriş muhimligi qayd etildi.
Koreya prezidenti Li Çje Myon Özbekiston parlamentidan sentabr oyidagi sammitda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş uçun zarur qonunçilik kömagini ta’minlaşni söragan. U kelişuvlar amaliy natijalarga aylanişi va bundan ikki mamlakat aholisi manfaat körişi kerakligini ta’kidlagan.
Özbekiston tomoni ham parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş orqali ikki davlat örtasidagi alohida strategik şeriklikni yanada mustahkamlaşga tayyorligini bildirgan.
Hamkorlikning yangi yönalişlari
Özbekiston va Koreya sentabr oyidagi oliy darajadagi muzokaralarda muhim yönalişlarda hamkorlikni kengaytirişga kelişgan. Ular qatorida muhim minerallar ta’minot zanjirlari, transport va logistika, sun’iy intellekt hamda raqamli transformatsiya bor.
Sentabrdagi davlat taşrifi doirasida ikki tomon 13 ta kelişuv va memorandum imzolagan. Ular orasida muhim minerallarni izlaş, özlaştiriş va qayta işlaş böyiça hamkorlik, şuningdek, infratuzilma loyihalari ham bor.
Kelişuvlarning amaliy ijrosini ta’minlaş uçun Özbekiston va Koreya parlamentlari örtasidagi hamkorlik ham muhim mexanizm sifatida körilmoqda.
2027-yilda ikki muhim sana nişonlanadi
Uçraşuvda kelgusi yilgi tarixiy sanalar munosabati bilan gumanitar va madaniy aloqalarni kengaytiriş masalasi ham kötarildi. 2027-yilda Özbekiston va Koreya örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 35 yil, koreyslarning Markaziy Osiyoga köçirilganiga esa 90 yil töladi.
Li Çje Myon uşbu sanalar munosabati bilan umumiy tarix va madaniy merosni aks ettiruvçi loyihalarni, jumladan, koreyslar tarixi muzeyini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi. Şuningdek, ikki mamlakat xalqlari örtasidagi aloqalarni yanada kengaytiriş taklif qilindi.
Norboyeva Özbekiston parlamenti ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslarni faol qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Avvalroq Özbekiston va Janubiy Koreya 12 mlrd dollarlik yangi loyihalarni tayyorlagani haqida xabar berilgandi.