Toşkentning 3 tumanida 10-noyabr kuni gaz vaqtinça öçiriladi

2026-yil 10-noyabr kuni Toşkentning Yunusobod, Olmazor va Şayxontohur tumanlarida texnik işlar sabab tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda «Hududgaz poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yunusobodda gaz soat 10:00 dan öçiriladi
Yunusobod tumanida gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 gaça töxtatiladi. Bu vaqtda gaz quvurining yer osti qismi yotqiziladi hamda ayrim gaz tarmoqlari xavfsiz hududlarga köçiriladi.
Gazsiz qoladigan hududlar orasida Uvaysiy, Yurtobod va Şoştepa mahallalaridagi 19 ta köp qavatli uy – jami 3,2 ming xonadon, Beg‘ubor mahallasidagi 54-uy – 80 ta xonadon, şuningdek, Minor mahallasining markaziy qismidagi 28 ta köp qavatli uy – 1,8 ming xonadon bor.
Çeklovlar Korzinka savdo majmuasi, Uzbat, Orient biznes markazi hamda yana 32 ta yirik iste’molçiga ham ta’sir qiladi.
Olmazorda minglab xonadon vaqtinça gazsiz qoladi
Olmazor tumanida gaz soat 11:00 dan 18:00 gaça öçiriladi. Bu yerda yangi polietilen gaz quvuri amaldagi tarmoqqa ulanadi. Vaqtinçalik çeklovlar Ğalaba, Tepaguzar, Tabassum, Umid, Paxta, Yangi Toşkent, Oltinsoy, Gulsaroy, Islomota, Qiçqiriq, Taraqqiyot, Miskin, Çiltogon, Qorasaroy va Çuqursoy mahallalaridagi köp qavatli uylar va xususiy xonadonlarni qamrab oladi.
Bundan taşqari, 125 ta kiçik biznes subyekti va 25 ta yirik korxonaga ham gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Şayxontohurda esa 120 ta xonadon
Şayxontohur tumanida ham gaz ta’minoti soat 11:00 dan 18:00 gaça töxtatiladi. Bu Taxtapul mahallasidagi 120 ta xususiy xonadonga ta’sir qiladi.
«Hududgaz Poytaxt» xabariga köra, texnik işlar yakunlangandan keyin barça hududlarda gaz ta’minoti bosqiçma-bosqiç tiklanadi.
Avvalroq Toşkentning Bektemir tumanida 4,1 ming xonadonning gaz uskunalari xatlovdan ötkazilib, loyiha hujjatlariga mos kelmagan 300 dan ortiq uskunalar gaz tarmoğidan uzilgani haqida xabar berilgan edi.