Tramp saylovdagi mağlubiyat uçun Isroilni aybladi

eʼlon qilindi
Tramp Eron bilan uruş qarorini özgartirmoqçi emas
Foto: CNN

AQŞ prezidenti Donald Tramp Respublikaçilar partiyasining oraliq saylovlardagi mağlubiyatiga Eron bilan uruş, benzin narxining oşişi va amerikaliklar orasida Isroilga nisbatan kuçaygan salbiy munosabat sabab bölganini aytdi. U, şuningdek, uruş xarajatlarini AQŞ himoya qilgan davlatlar, jumladan Isroil ham qoplaşi kerakligini bildirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Tramp bu fikrlarini 8-noyabr kuni efirga uzatilgan CBS telekanalining «60 Minutes» dasturiga bergan intervyusida aytdi. Undan Respublikaçilar partiyasi 3-noyabr kuni bölib ötgan oraliq saylovlarda nega mağlubiyatga uçragani söralgan.

«Ular uruşni yoqtirişmadi. Benzin narxining oşganini ham yoqtirişmadi. Çunki men uni past darajada uşlab turgandim. Bundan taşqari, Isroilga nisbatan juda kuçli salbiy munosabat bor», — dedi Tramp.

Uning ta’kidlaşiça, agar özi ham saylov byulletenida bölganida, natija boşqaça bölişi mumkin edi. Tramp özining saylovoldi mitinglaridagi maşhurligi va tarafdorlari qöllab-quvvatlaşini bunga dalil sifatida keltirdi.

Tramp Eron bilan uruş qarorini özgartirmoqçi emas

Intervyu davomida Tramp vitse-prezident Jey Di Vensning Respublikaçilar mağlubiyatiga Eron bilan uruş sabab bölgani haqidagi fikriga qöşilişini bildirdi. Biroq u harbiy amaliyotni boşlaş qaroridan afsuslanmasligini ta’kidladi.

Trampning aytişiça, Eron yadro quroliga ega bölişiga yöl qöyib bölmaydi. U bu qaror uzoq muddatda AQŞ uçun töğri bölganini, garçi uning qisqa muddatli siyosiy oqibatlari salbiy bölişi mumkinligini aytdi.

Şuningdek, AQŞ prezidenti mamlakat himoya qilgan davlatlar Eron bilan uruş davomida sarflangan mablağlarni qoplaşi kerakligini bildirdi.

«Biz himoya qilgan davlatlar uruş uçun qilgan barça xarajatlarimizni qaytaradi. Çunki biz bölmaganimizda, ular mavjud bölmasdi. Biz bölmaganimizda, Isroil ham mavjud bölmasdi», — dedi u.

Isroilga yordam masalasi AQŞ siyosatida bahsga aylandi

CNN qayd etişiça, Isroilni qöllab-quvvatlaş masalasi AQŞ siyosatida, ayniqsa oraliq saylovlar davrida, siyosiy bahs mavzusiga aylangan. Avvalroq Isroil AQŞda Respublikaçilar va Demokratlar orasida keng qöllab-quvvatlangan bölsa, hozir mamlakatga körsatilayotgan harbiy va moliyaviy yordam ayrim siyosatçilar uçun saylovoldi muammosiga aylanmoqda.

Miçigan ştatidan saylangan demokrat senator Abdul El-Sayed saylov kampaniyasi davomida Isroil siyosatini keskin tanqid qilgan siyosatçilardan biri böldi. AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens ham kelgusida Respublikaçilar partiyasi Isroil bilan munosabatlarga yondaşuvini qayta körib çiqişi kerakligini bildirgan.

Saylov kuni Tramp Isroilga har yili ajratiladigan 4 milliard dollarlik yordamni şu yilning özida tugatişini aytgan. Oradan bir neça kun ötib, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu yordamni «hamkorlik» şakliga ötkaziş haqida gapirdi.

Isroil jurnalisti Amir Tibon esa AQŞda har ikki partiya vakillari Isroildan uzoqlaşişga urinayotganini ta’kidlab, yangi Kongress qurol-yaroğ savdosini töxtatib qöyişi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Avvalroq Amerikalik milliarder Ilon Maskning boyligi AQŞ Kongressiga bölib ötgan oraliq saylovlardan keyin qariyb $30 mlrdga kamaygani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek