Arzon qurilmaga qimmat telefonning IMEI kodi kiritilgan — Bojxona qömitasi

eʼlon qilindi
Bojxona qömitasi 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida bunday sxemalarning kamida ikki turini ma’lum qildi
IMEI для телефона теперь можно оформить онлайн без очередей на границе
Foto: Internet

Özbekistonda mobil qurilmalarni noqonuniy olib kirişda IMEI kodlarini soxtalaştiriş va boşqa telefonlarga tegişli identifikatorlardan foydalaniş holatlari aniqlanmoqda. Bojxona qömitasi 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida bunday sxemalarning kamida ikki turini ma’lum qildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Birinçi sxemada arzon qurilma yoki uning qismlari bojxonada deklaratsiya qilinadi, biroq hujjatlarda aslida noqonuniy olib kirilgan qimmat smartfonning IMEI kodi körsatiladi.

Bunday holatlar telefon platasi, Wi-Fi router, GPS-treker, modem va boşqa qurilmalarni olib kirişda aniqlangan.

Bojxona qömitasi bunday holatlarni avtomatik aniqlaş uçun bojxona rasmiylaştiruvi tizimiga maxsus nazorat mexanizmi joriy etgan.

Qömita aniqlagan holatlardan birida tadbirkor xorijdan olib kelgan 10,6 mingdan ortiq Tecno qurilmasi hujjatlariga aslida iPhone va Samsung qurilmalarining IMEI kodlari kiritilgani aniqlangan.

Bitta telefonning ikki IMEI kodi turli qurilmalarga tegişli bölgan

Ikkinçi sxemada esa röyxatdan ötmagan qimmat smartfon qayta dasturlanib, unga boşqa qurilmaning IMEI kodi yozilgan.

Natijada bitta telefonning IMEI-1 va IMEI-2 kodlari aslida turli qurilmalarga tegişli bölib çiqişi mumkin.

Bojxona xodimlari ayrim hollarda yölovçi deklaratsiyasida aynan olib kirilayotgan telefonning emas, balki avval noqonuniy olib kirilgan boşqa qurilmaning IMEI kodi körsatilganini ham aniqlagan.

Telefon dasturiy ta’minoti özgartirilganda uning sozlamalarida bir IMEI kodi, maxsus tekşiruvda esa boşqa kod körinişi mumkin.

Bojxona qömitasining tuşuntirişiça, IMEI-1 va IMEI-2 kodlari aynan bitta qurilmaga tegişli ekanini hamda uşbu kodlarning mobil tarmoqlarda avval işlatilgan yoki işlatilmaganini aniqlaş maxsus bilim talab qiladi.

Şu sabab Toşkent xalqaro aeroportida IMEI identifikatorlari özgartirilganidan şubha tuğilganda bojxona xodimlari endilikda aeroportda doimiy faoliyat yurituvçi UzIMEI markazi vakillariga murojaat qiladi.

Qömita bu tartib IMEI bilan boğliq holatlarni yagona usulda tekşiriş va noqonuniy olib kirişning oldini oliş uçun joriy etilganini bildirdi.

2025-yilda Özbekistonda 47,9 ming dona noqonuniy mobil qurilma uşlab qolingan. Bu 2024-yilga nisbatan 4,4 baravar köp.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonga 10 oyda 533 mingdan ortiq iPhone olib kirilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek