Dunyo aholisining yarmidan köpi yetti mamlakatda jamlangan

eʼlon qilindi
Eng köp aholi Hindistonda
Foto: bonnier.imgix.net

Yer yuzidagi 8,25 milliardga yaqin aholining yarmidan köproği atigi yetti davlat hududida yaşaydi. Hindiston va Xitoyning özida dunyo aholisining qariyb uçdan bir qismi istiqomat qiladi.

DataReportal tomonidan BMT ma’lumotlari asosida tayyorlangan hisob-kitoblarga köra, 2025-yil oktabr holatida yetti mamlakat aholisi jami 4 milliard kişidan oşgan.

Eng köp aholi Hindistonda

Aholisi eng köp davlatlar reytingida Hindiston birinçi örinda turadi. Mamlakatda taxminan 1,48 milliard kişi yaşaydi.

Ikkinçi örinni 1,41 milliard aholiga ega Xitoy egallagan. Ikki davlatning özida sayyora aholisining qariyb 35 foizi jamlangan.

Keyingi örinlarda:

  • AQŞ – 349 mln;
  • Indoneziya – 288 mln;
  • Pokiston – 260 mln;
  • Nigeriya – 243 mln;
  • Braziliya – 213 mln.

Şu tariqa uşbu yetti mamlakatning jami aholisi Yer yuzidagi barça aholining taxminan 51,2 foiziga teng.

Xitoy aholisi kamaymoqda

Aholi soni böyiça yetakçi davlatlarda demografik jarayonlar bir xil keçmayapti. Hindiston, Pokiston va Nigeriyada aholi soni ortişda davom etayotgan bölsa, Xitoyda aksinça qisqariş kuzatilmoqda.

DataReportal hisob-kitoblariga köra, 2024-yil oktabridan 2025-yil oktabrigaça Xitoy aholisi taxminan 3,25 million kişiga kamaygan. Şu davrda Hindiston aholisi qariyb 12,9 million kişiga köpaygan.

Hisobotda Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, dunyoda aholisi eng köp mamlakatga aylangani ham qayd etilgan. Demografik tafovutlar dunyo aholisi mamlakatlar örtasida nihoyatda notekis taqsimlanganini körsatadi: sayyoradagi har ikki kişidan biridan köproği aynan şu yetti davlatdan birida yaşaydi.

Avvalroq 2026-yil 1-oktabr holatiga Özbekistonning doimiy aholisi 39 535 225 kişini taşkil etgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek