Nimadir «neto»: jamoatçilik vakillari IMEI çeklovlarini tanqid qildi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatilişi iqtisodçilar va jamoatçilik faollari orasida muhokamalarga sabab böldi. Ular yangi tekşiruvlarning huquqiy asosi, telefonlarni uzoq muddat uşlab turiş va ijtimoiy tarmoqlarda tilga olinayotgan qöşimça tölovlar yuzasidan savollar kötarmoqda.
Bojxona qömitasi çeklov IMEI kodlarini soxtalaştiriş, boşqa qurilmalar identifikatorlaridan foydalaniş va bir qurilma ma’lumotlari orqali boşqa telefonlarni qonuniylaştiriş holatlari köpaygani bilan boğliqligini ma’lum qilgandi.
Qömita ma’lumotiga köra, 2026-yil boşidan buyon 185 ta holatda qiymati 8,8 mlrd sömlik 1 185 dona mobil qurilmaning noqonuniy olib kirilişi oldi olingan.
Iqtisodçi Otabek Bakirov mobil qurilmalarni 30 kungaça ekspertizaga yuboriş va tezlaştirilgan rasmiylaştiriş uçun ijtimoiy tarmoqlarda tilga olinayotgan tölovlarning huquqiy asosiga e’tibor qaratdi.
U bu tartib qaysi hujjat bilan joriy etilgani, ekspertizani kim ötkazişi va tezlaştirilgan xizmat narxlarini kim belgilaganiga aniqlik kiritilişi kerakligini ta’kidladi.
Bakirov, şuningdek, bunday tartiblar joriy qilinayotganida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobat qömitasi kabi idoralar ham munosabat bildirişi kerak, degan fikrni ilgari surdi.
Telegram’dagi «Davletovuz» kanali asosçisi Qobil Xidirov IMEI tizimidagi mavjud çeklovlar yangi muammolarni yuzaga keltirayotganini qayd etdi.
Uning fikriça, telefonlarni röyxatdan ötkazişdagi qat’iy mexanizmlar endi bojxona rasmiylaştiruvida ham qöşimça qiyinçiliklar paydo bölişiga olib kelmoqda. Xidirov bunday vaziyatda asosiy yuk oxir-oqibat oddiy iste’molçi zimmasiga tuşayotganini ta’kidladi.
Bloger Şuhrat Qurbanov esa qimmat telefonlarning qöşimça ekspertizaga yuborilişi kontrabandaçilardan köra oddiy fuqarolarga köproq ta’sir qilişi mumkinligini bildirdi.
U IMEI kodlarini özgartiriş yoki soxtalaştiriş texnik jihatdan mamlakat içida ham amalga oşirilişi mumkinligini qayd etib, ayrim qonunbuzarliklar sabab barça yölovçilar uçun murakkab tartib joriy etilişining maqsadga muvofiqligiga şubha bildirdi.
Iqtisodçi Botir Qobilov IMEI tizimi Özbekistonda qariyb yetti yildan beri işlayotganini eslatdi.
U şu vaqt içida texnologiyalar va smartfon bozori keskin özgarganiga qaramay, xorijdan şaxsiy mablağ hisobidan sotib olingan telefonni alohida IMEI röyxatidan ötkaziş talabi saqlanib qolayotganiga e’tibor qaratdi. Qobilovning fikriça, tizimning özi qayta körib çiqilişi kerak.
Iqtisodçi Behzod Hoşimov IMEI bilan boğliq vaziyat import bojlari iste’molçilarga qanday ta’sir qilişini yaqqol körsatişini ta’kidladi.
Uning fikriça, yuqori bojlar nafaqat elektronika, balki oziq-ovqat, quriliş materiallari, transport vositalari, uskunalar va boşqa köplab mahsulotlar narxini ham oşiradi.
Hoşimov import bojlari işlab çiqarişda foydalaniladigan uskuna va xomaşyoni ham qimmatlaştirib, iqtisodiyotdagi umumiy xarajatlarning oşişiga olib kelişini qayd etdi.
Bojxona qömitasi Toşkent xalqaro aeroportida mobil qurilmalarni rasmiylaştiriş IMEI identifikatorlarini tekşiriş bilan boğliq masalalar aniqlaştirilguniga qadar vaqtinça töxtatilganini bildirgan.
Tegişli idoralar bilan birgalikda yagona tekşiruv tartibini işlab çiqiş rejalaştirilmoqda. Qömita vaziyatga qisqa muddatlarda aniqlik kiritilişi va bojxona rasmiylaştiruvi odatdagi tartibda davom ettirilişini ma’lum qilgan.
Özi nima bölgan
Ma’lum qilinişiça, 6-noyabrdan boşlab Özbekistonga mobil qurilmalarni olib kiriş va ularning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş ustidan nazorat kuçaytirilgan. Ayrim telefonlar qöşimça ekspertizaga yuborilmoqda. Tekşiruv jarayoni 30 kungaça davom etişi mumkin.
Foydalanuvçilarning aytişiça, tekşiruv vaqtida smartfonlar aeroportda olib qolinişi mumkin. Şu bilan birga, qurilmani bir kun içida rasmiylaştiriş imkoniyati ham taklif etilmoqda, biroq buning uçun yuqoriroq tölov talab qilinayotgani bildirilgan.
Xususan, iPhone 18 Pro Max smartfonini rasmiylaştiriş uçun avval taxminan $150 tölangan bölsa, hozir foydalanuvçilarga şu summa evaziga 30 kungaça kutiş yoki bir kun içida rasmiylaştiriş uçun qariyb $450 tölaş variantlari taklif etilayotgani aytilmoqda. Boşqa modellarda tezlaştirilgan rasmiylaştiriş narxi $400 dan $1 100 gaça yetişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida qiymati qariyb 310 mln söm bölgan 20 ta sönggi rusumdagi iPhone’ni noqonuniy olib kirişga uriniş aniqlangandi.