Kannavaro terma jamoadan ketadimi

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Italiya terma jamoasini boşqariş orzusi borligini tan oldi. Biroq mutaxassis hozir butun e’tiborini Özbekiston terma jamoasiga qaratayotganini va jamoani tark etiş niyatida emasligini aytdi. Şuningdek, u Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) bilan munosabatlari, şartnomasi va kelajakdagi rejalari haqida gapirdi. Bu haqda u Rossiya terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Hozir butun e’tiborim Özbekistonda
Kannavaro Italiya terma jamoasini boşqariş haqidagi gaplarga munosabat bildirar ekan, bunday istak har bir italiyalik futbol mutaxassisiga xos ekanini aytdi.
«Har bir italiyalikning orzusi — Italiya terma jamoasida işlaş. Bu faqat mening orzuyim emas. Lekin men har kuni ertalab uyğonganimda, 24 soat davomida bor e’tiborimni Özbekiston terma jamoasiga qaratişni öylayman. Men professional insonman», – dedi Kannavaro.
Uning ta’kidlaşiça, Italiya terma jamoasini boşqariş haqida öylaşi tabiiy. Çunki mutaxassis futbolçilik faoliyatining 20 yilini Italiya terma jamoasida ötkazgan.
«Ammo Özbekistonda işlayotgan ekanman, bor fikru xayolim şu yerda böladi», – dedi u.
Kannavaro şartnoma muddati haqida ham gapirdi
Matbuot anjumanida murabbiyga Meksika va Şimoliy Amerika agentliklari bilan boğliq şartnoma borligi haqidagi xabarlar yuzasidan ham savol berildi. Kannavaro bunday şartnomalar mavjudligini rad etdi.
«Meksika va Şimoliy Amerika agentliklari bilan heç qanday şartnoma yöq. Buni şunçaki ommaviy axborot vositalari tarqatgan bölişi mumkin», – dedi Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi.
U ÖFA bilan munosabatlari yaxşi ekanini ham ta’kidladi. Murabbiy va futbol assotsiatsiyasi örtasida şartnoma masalasi böyiça kelişuvga erişiş imkoniyati borligini bildirdi.
«Hozir ÖFA bilan munosabatlarimiz yaxşi. Ular bilan ötirib, gaplaşib olamiz. Mening şartnomam 2027-yil oktabr oyida tugaydi. Dekabr oyida esa Osiyo kubogi bölib ötadi. Bu masala böyiça gaplaşamiz, heç qanday muammo yöq», – dedi Kannavaro.
Bizda ajoyib futbolçilar bor
Italiyalik mutaxassis Özbekiston terma jamoasining kelajagi haqida ham ijobiy fikr bildirdi. U jamoada köplab yoş futbolçilar borligini, şuningdek, Özbekistonda futbol uçun infratuzilma mavjudligini ta’kidladi.
«Pozitiv böliş kerak. Bizda ajoyib futbolçilar, köplab yoş öyinçilar bor. Ertangi öyinda ob-havo biroz sovuqroq, yaxşi infratuzilmamiz ham bor. Şu sababli hayotga pozitiv qaraş kerak», – dedi boş murabbiy.
Özbekiston Rossiyaga qarşi maydonga tuşadi
Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi 12-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida bölib ötadi. Bahs soat 20:00 da boşlanadi.
Uçraşuv FIFA reytingidagi oçkolar uçun ham ahamiyatga ega. Ayni paytda Rossiya terma jamoasi reytingda 35-örinda, Özbekiston esa 59-örinda turibdi.
Avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro kelajakda Italiya terma jamoasini boşqariş uning asosiy orzusi ekanini aytgandi.