Karlsen nega Abdusattorov bilan maşğulot ötkazganini aytdi

11-noyabr 2026 13:32 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: David Llada

Jahon reytingida birinçi örinda turgan Magnus Karlsen nima uçun aynan özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bilan Ispaniyada maşğulot ötkazganiga izoh berdi. Bu haqda ChessBase Nepa xabar bermoqda.

Karlsenning aytişiça, internetda, asosan, erkin formatdagi partiyalarni köp öynaş ayrim zararli odatlarni şakllantirişi mumkin. Abdusattorov kabi kuçli raqib bilan yuzma-yuz maşğulot esa unga jiddiy şaxmat amaliyotiga qaytişga yordam bergan.

«Dunyoning eng yaxşi şaxmatçilaridan biri bilan öynasang, biroz reallikka qaytasan», – degan Karlsen.

Tanlov qisman tasodifiy bölgan

Karlsen nega aynan Abdusattorovni maşğulot uçun tanlagani haqidagi savolga javob berib, bu qaror «qisman tasodifiy» bölganini aytgan. Şu bilan birga, u Nodirbekni yoqimli inson sifatida ta’riflagan va öz öğliga ham özbekistonlik grossmeyster juda yoqqanini qöşimça qilgan.

Ispaniyadagi maşğulot yiğinida Karlsen va Abdusattorovdan taşqari grossmeysterlar David Hauell hamda Karlsenning uzoq yillik murabbiyi Peter Hayne Nilsen ham qatnaşgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov 2026-yilgi FIDE rapid va blitz böyiça Jahon çempionatida yana Magnus Karlsen bilan kuraşişi mumkinligi haqida xabar bergan edi. 2025-yilgi Jahon blitz çempionati finalida Abdusattorov Karlsenga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berib, kumuş medalni qölga kiritgan.

Shuningdek