Özbekiston gaz importini 50 foizga oşirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Sentabrda gaz xaridi keskin köpaydi
«Gazprom» Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berishni qariyb 70 foizga oshirdi
Foto: depositphotos

Özbekiston 2026-yil yanvar – sentabr oylarida tabiiy va sun’iy gaz importiga $1,6 mlrd sarfladi. Bu ötgan yilning şu davridagiga nisbatan qariyb 50% köp. Şu bilan birga, gaz eksportidan tuşum 34,5% kamayib, $357,9 mlnni taşkil etdi.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida tabiiy va sun’iy gaz importi 49,9% oşgan.

Umuman, mineral yonilği, moylaş materiallari va şunga öxşaş mahsulotlar importi $2,77 mlrddan $3,37 mlrdga yetgan. Ösiş 21,6 foizni taşkil etdi. Gaz esa uşbu toifadagi eng yirik import yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.

Sentabrda gaz xaridi keskin köpaydi

Sentabr oyida Özbekiston $389,2 mlnlik gaz import qilgan. Avgustda bu körsatkiç $206,1 mln edi. Şunday qilib bir oy içida gaz importi qiymati qariyb 89% oşgan.

Sentabr 2026-yil boşidan buyon gaz importi qiymati eng yuqori bölgan oyga aylandi. Töqqiz oyda sarflangan jami mablağning qariyb çorak qismi aynan sentabr hissasiga töğri kelgan.

Yil davomida körsatkiçlar keskin özgarib turgan. Iyun oyida gaz importi qariyb $247 mlnni taşkil etgan bölsa, iyulda $38,3 mlngaça kamaygan. Avgustda esa yana $206,1 mlngaça oşgan.

Gaz eksportidan tuşum uçdan birga kamaydi

Importdagi ösiş fonida gaz eksportida aksinça pasayiş kuzatildi. 2026-yilning töqqiz oyida tabiiy va sun’iy gaz eksporti $357,9 mlnni taşkil etdi. 2025-yilning şu davrida bu körsatkiç $546,2 mln atrofida edi.

Bir yil içida gaz eksporti qiymati 34,5% kamaygan. Sentabr oyining özida Özbekiston $35,6 mlnlik gaz eksport qilgan. Avgustda eksport $42,6 mlnni taşkil etgan edi.

Şu tariqa sentabrda gaz eksportidan tuşum bir oyda 16,4% kamaygan.

2026-yil yanvar – sentabr oylarida gaz importi va eksporti qiymati örtasidagi farq $1,247 mlrdni taşkil etdi. 2025-yilning şu davrida farq qariyb $524,5 mln edi.

Demak, bir yil içida gaz taşqi savdosidagi qiymat tafovuti ikki baravardan köproqqa oşgan. Faqat sentabr oyining özida Özbekiston gaz importiga eksportdan $353,6 mln köproq mablağ sarflagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda sovuq havo kutilayotgani sababli energiya ta’minotida ayrim vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkinligi ma’lum qilingandi. Zarurat tuğilsa, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining faoliyati çeklanadi. Bunda aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan ta’minlaşga ustuvorlik beriladi.

Shuningdek