Özbekiston Jahon banki bilan yangi hamkorlik dasturini yölga qöyadi

eʼlon qilindi
Yangi dastur xususiy investitsiyalar va iş örinlarini köpaytirişga qaratiladi
Foto: president.uz

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026-yil 11-noyabr kuni Antaliyada ötkazilayotgan COP31 sammiti doirasida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uçraşdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususiy investitsiyalar va suv xavfsizligiga urğu berildi

Uçraşuvda Özbekiston va Jahon banki örtasidagi strategik şeriklikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikdagi loyihalar portfeli hozirda qariyb $16 mlrdga yetgan.

Şuningdek, xususiylaştiriş va suv xavfsizligini ta’minlaş ham hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgilandi. Uçraşuvda joriy yil dekabr oyida Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi mablağlarini örta muddatli örganiş böyiça forumga tayyorgarlik masalalari ham körib çiqildi.

Avvalroq Jahon banki Özbekistonda elektr energiyasini taqsimlaş tizimini modernizatsiya qiliş uçun $100 mln qarz ajratişni ma’qullagani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek