Özbekistondan xorijga doimiy köçib ketuvçilar soni 16 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekistondan xorijiy davlatlarga doimiy yaşaş maqsadida 6,4 ming kişi köçib ketdi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 15,6 foizi kam. Bu haqda Milliy statistika qömitasining demografik holatga oid hisobotida ma’lum qilingan.
Sönggi uç yilda körsatkiç 2,3 baravar kamaygan
Rasmiy statistikaga köra, 2023-yilning dastlabki töqqiz oyida Özbekistondan xorijga doimiy yaşaş uçun 14,7 ming kişi köçib ketgan. 2024-yilning şu davrida bu körsatkiç 8,4 ming nafarni, 2025-yilda esa 7,6 ming nafarni taşkil etgan. Şunday qilib, 2026-yilda mamlakatdan doimiy köçib ketganlar soni 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,3 barobar qisqargan.
Sönggi ön yillik statistikaga nazar taşlansa, 2016-yilda Özbekistondan 28,1 ming kişi xorijga doimiy yaşaş uçun ketgan. 2017-yilda mazkur körsatkiç 20,8 ming nafarni, 2018-yilda 17,6 ming nafarni, 2019-yilda esa 13,2 ming nafarni taşkil etgan.
2020-yilda 13,6 ming kişi, 2021-yilda 20,1 ming kişi, 2022-yilda esa 8,8 ming kişi xorijga köçib ketgan. 2023-yilda ularning soni 17,3 ming nafarga yetgan bölsa, 2024-yilda 10,8 ming nafargaça, 2025-yilda esa 10,1 ming nafargaça kamaygan.
Milliy statistika qömitasining uzoq muddatli statistik ma’lumotlariga köra, 2010 – 2015-yillarda xorijga doimiy köçib ketuvçilar soni ança yuqori bölgan. Jumladan, 2010-yilda 44,4 ming kişi, 2011-yilda esa 50,8 ming kişi mamlakatni tark etgan. 2015-yilga kelib bu körsatkiç 31,8 ming nafargaça qisqargan.
Eslatib ötamiz, mazkur statistika doimiy yaşaş uçun boşqa davlatlarga köçib ketganlarni qamrab oladi. Vaqtinça işlaş yoki öqiş maqsadida xorijga ketganlar uşbu körsatkiçga kiritilmaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida xorijga doimiy yaşaş uçun köçib ketganlar soni 9,4% kamaygani haqida xabar bergan edi. Öşa davrda mamlakatdan 7,6 ming kişi köçib ketgan.