Uçqörğonda boğça bolasini zörlagan «zavxoz» işi sudga oşirildi

Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi davlat boğçasida 5 yoşli qizaloqqa nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda ayblanayotgan 52 yoşli xöjalik işlari bölimi mudiri böyiça jinoyat işi sudga yuborildi. Iş Narin tumanlararo jinoyat sudi tomonidan yopiq sud majlisida körib çiqiladi. Bu haqda Namangan viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Sud ma’lumotlariga köra, 1974-yilda tuğilgan fuqaro va boşqa şaxslarga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi Narin tumanlararo jinoyat sudining iş yurituviga kelib tuşgan.
Sud ajrimiga binoan, işni körib çiqiş 18-noyabrga belgilangan. Jabrlanuvçi voyaga yetmagani sababli sud jarayoni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga muvofiq yopiq tarzda ötkaziladi.
Sud yakunidan söng qöşimça ma’lumot beriladi
Iş böyiça boşqa tafsilotlar sud muhokamasi yakunlanganidan keyin qonunçilikda belgilangan tartibda e’lon qilinişi ma’lum qilingan.
Mazkur holat sentabr oyida jamoatçilikka ma’lum bölgan. Öşanda Uçqörğondagi davlat boğçasida 5 yoşli tarbiyalanuvçiga nisbatan 52 yoşli xöjalik işlari bölimi mudiri tomonidan bir neça marta jinsiy zöravonlik qilingani haqida xabar berilgandi.
Tergov doirasida gumonlanuvçi qölga olingan va unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Voqeadan keyin Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maxsus işçi guruh tuzilib, mamlakatdagi davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida tekşiruvlar boşlangan.
Avvalroq Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat işi qözğatilgandi.