Yangi Toşkentdagi yirik loyihalarga 20 yilgaça soliq imtiyozi beriladi

eʼlon qilindi
Kamida $50 mln investitsiya kiritgan ayrim loyihalar foyda soliğini 1 foiz stavkada tölaydi
Yangi Toshkent
Foto: Kursiv Uzbekistan

Yangi Toşkent va ayrim hududlarda qiymati $50 mln va undan yuqori yirik şaharsozlik loyihalari uçun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. Bu haqda 2026-yil 10-noyabrdagi «Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF–243-sonli prezident farmonida belgilandi.

Foyda soliği 1 foizgaça tuşiriladi

Yangi tartibning asosiy maqsadi yirik investorlar uçun ma’muriy va byurokratik tösiqlarni kamaytiriş, turizm hamda investitsiya loyihalarini tezroq amalga oşirişdan iborat. Maxsus hududlarda «tartibga soliş qumdoni» işlaydi. Ya’ni ayrim yirik loyihalar uçun odatiy tartiblardan farq qiladigan alohida huquqiy şaroit yaratiladi.

Maxsus rejim doirasidagi şaharsozlik loyihalariga investitsiya hajmiga qarab bir qator imtiyozlar beriladi. Kamida $50 mln töğridan töğri investitsiya kiritgan yuridik şaxslar obyektni ijaraga beriş yoki sotişdan olgan foydasi uçun 5 yil davomida 1 foiz foyda soliği tölaydi.

Agar investitsiya kamida $100 mln bölsa, bu imtiyoz 10 yil, $500 mln va undan yuqori bölsa, 15 yil davomida amal qiladi. Bundan taşqari, kamida $50 mlnlik şaharsozlik loyihalari doirasida foydalaniladigan obyektlar 20 yil davomida mol-mulk va yer soliğidan ozod qilinadi.

2040-yil 1-yanvargaça investorlarning loyiha doirasida olgan dividendlari Özbekiston hududida qayta investitsiya qilinsa, uşbu daromadlar ham soliqqa tortilmaydi.

Direksiyalar ayrim talablarni özi belgilaydi

Farmonga köra, maxsus hududlarni rivojlantirişga mas’ul direksiyalarga Yangi Toşkent direksiyasiga berilgan ayrim vakolatlar ham taqdim etiladi. Jumladan, ular hududni rivojlantiriş hujjatlariga qöyiladigan talablarni, yer uçastkalarida quriladigan obyektlarga qöyiladigan asosiy şartlarni hamda har bir loyiha uçun texnik talablarni mustaqil belgilashi mumkin.

Avvalroq Turkiyaning OYAK kompaniyasi Yangi Toşkentda turarjoy majmualari va taşqi infratuzilma obyektlari qurilişida iştirok etişga qiziqiş bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek