YTTBning Özbekistondagi operatsiyalari hajmi ilk bor 1 mlrd dollardan oşdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Özbekiston olti yildan beri YTTBning yirik hamkori
YTTB
Foto: YTTB

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining Özbekistondagi operatsiyalari hajmi ilk bor $1 mlrddan oşdi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyevning Antaliyada YTTB prezidenti Odil Reno-Basso bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.

Uçraşuv COP31 sammiti doirasida ötkazildi. Tomonlar Özbekiston va YTTB örtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

Özbekiston olti yildan buyon YTTBning mintaqadagi eng yirik moliyaviy hamkori bölib kelmoqda. 2025-yilda bankning mamlakatdagi operatsiyalari hajmi ilk bor $1 mlrddan oşgan.

Investitsiyalarning 60 foizi «yaşil» loyihalarga yönaltirilgan

YTTBning Özbekistonga kiritgan investitsiyalarining qariyb 60 foizi «yaşil iqtisodiyot» loyihalari hissasiga töğri keladi. Uçraşuvda bankning uşbu yönalişdagi faoliyatiga yuqori baho berildi.

Kelgusi yil hamkorlikda elektr infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarini rivojlantiriş hamda bank sektorida xususiylaştirişni davom ettiriş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, Toşkent xalqaro moliya markazini işga tuşiriş va davlat-xususiy şeriklik loyihalarini ilgari suriş ustuvor yönalişlar sifatida belgilandi.

Tomonlar 2027-yilda Xorijlik investorlar kengaşining navbatdagi yiğilişini ötkazişga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Ipak Yuli bank» YTTB’ning tasdiqlovçi bank maqomini olgandi. Ta’kidlanişiça, mazkur maqom bankka xalqaro bitimlar böyiça tölovlarni kafolatlaş imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa xorijiy hamkorlar bilan işlaşda biznes uçun qöşimça himoya vositasi bölib xizmat qiladi.

Shuningdek