Farğonada hokim yordamçisi pora sifatida iPhone 17 Pro Max oldi

Farğona viloyatining Beşariq tumanida hokim yordamçisi fuqaroga 150 mln sömlik kredit ajratib beriş evaziga iPhone 17 Pro Max olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Hokim yordamçisi iPhone olgan
Departamentning Beşariq tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida «Qörğonça» MFY böyiça hokim yordamçisi D.X. fuqaro M.Y.ga tijorat bankida işlovçi tanişlari orqali 150 mln sömlik kredit ajratib beriş evaziga «iPhone 17 Pro Max» rusumli telefonni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qoraqalpoğistonning Qönğirot tumanida fuqaroni lokomotiv deposiga hamşira sifatida işga kiritib qöyiş evaziga 5 ming dollar söragani aytilayotgan şaxs uşlangandi.