0 foizdan 26 foizgaça: banklar Cobalt uçun qanday kredit stavkalari taklif qilmoqda

12-noyabr 2026 12:45 eʼlon qilindi

Dilobar Yoʻldosheva

Dilobar Yoʻldosheva

Muxbir
Chevrolet Cobalt MCM
Fotо: uzavtosavdo.uz /Chevrolet Cobalt MCM

Chevrolet’ning rasmiy saytida Cobalt Style MCM narxi 156,1 mln söm, Midnight MCM esa 165,2 mln söm etib körsatilgan. Ayrim aksiyalar doirasidagi çegirmalar avtomobil uçun 100 foiz tölov amalga oşirilganda amal qiladi va tijorat banklari orqali xaridlarga amal qilmaydi.

Banklar qanday şart taklif qilmoqda

Chevrolet Cobalt xarid qiliş uçun banklarda bir-biridan sezilarli farq qiladigan moliyalaştiriş dasturlari mavjud. Boşlanğiç tölov ayrim takliflarda avtomobil narxining 15% idan boşlanadi, boşqa dasturlarda esa kattaroq badal evaziga 0% stavkada bölib tölaş mumkin.

BankBoşlanğiç tölovMuddatYillik stavkaFoizsiz variant
Davr Bank15% dan60 oygaça26%Yöq
Asakabank20% dan12–60 oy0–15%30% badal bilan 12 oyga 0%
Kapitalbank25% dan12–60 oy0–15%25% badal bilan 12 oyga 0%
Universal bank25%12–60 oy0–13%12 oyga 0%
InfinBANK25% dan60 oygaçaŞertga qarab30–50% badal bilan 12 oyga; 60% badal bilan 24 oyga 0%
Tenge Bank26% dan12–48 oy0–14%40% yoki 50% badal bilan 12 oyga 0%
Ipoteka-bank25% dan12–60 oy0–18%Ayrim kombinatsiyalarda 0%

Davr Bankning «Navbatsiz avto» dasturida UzAuto Motors rasmiy dilerlaridan Cobalt xarid qiliş uçun 15% boşlanğiç badal, 26% yillik stavka va 60 oygaça muddat belgilangan.

Kredit miqdori 300 mln sömgaça. 156,1 mln sömlik Cobalt Style MCM narxidan kelib çiqilsa, 15% boşlanğiç tölov 23,415 mln sömni taşkil etadi. Midnight MCM’da esa 15% badal 24,78 mln sömga töğri keladi.

Kattaroq badal bilan foizsiz oliş mumkin

Boşqa banklarda dastlabki tölov yuqoriroq, biroq ayrim variantlarda foiz umuman olinmaydi.

Masalan, InfinBANK bilan Cobalt narxining 60% ini oldindan tölab, qolgan 40% ini 24 oy davomida foizsiz bölib tölaş mumkin. 30%, 40% yoki 50% boşlanğiç tölovda esa qolgan summa 12 oy davomida 0% stavkada tölanadi.

Tenge Bank 26% dan boşlanadigan badal bilan Cobalt’ni 12–48 oyga taklif qilmoqda. 40% yoki 50% oldindan tölansa, 12 oylik muddatda stavka 0% ni taşkil etadi. 26% badalda esa stavka muddatga qarab 5,5% dan 14% gaça özgaradi.

Asakabankda boşlanğiç tölov 20% dan 65% gaça, muddat 12–60 oy, stavka esa 0% dan 15% gaça. Cobalt uçun 30% badal bilan 12 oylik foizsiz variant mavjud.

Kapitalbankning so‘nggi taklifida boşlanğiç tölov 25% dan 60% gaça, muddat 12–60 oy, stavka 0% dan 15% gaça. 25% badal bilan Cobalt’ni 12 oyga foizsiz xarid qiliş mumkin.

Universal bankda esa 25% boşlanğiç tölov bilan 12 oyga 0%, 36 oyga 10%, 48 oyga 11% va 60 oyga 13% stavka qöllanadi.

Bank aralaşuvisiz bölib tölaş ham mavjud

Bank dasturlaridan taşqari, UzAuto Motors Chevrolet Cobalt’ni bank aralaşuvisiz, töğridan töğri bölib tölaş asosida xarid qiliş imkoniyatini ham taklif qiladi. Unga köra, xaridor avtomobil narxining 50% ini boşlanğiç tölov sifatida tölaydi, qolgan qismini esa 24 oy davomida bölib tölaşi mumkin.

UzAuto Motors hisob-kitobiga köra, boşlanğiç komplektatsiyadagi Cobalt uçun tölov kuniga ortaça 107 ming sömga teng bölişi mumkin. Kompaniya yakuniy tölov miqdori tanlangan komplektatsiyaga qarab farq qilişini qayd etgan.

Kam badal va past foiz örtasida tanlov

Bank takliflari örtasidagi asosiy farq boşlanğiç tölov bilan kreditning keyingi qiymatida. Eng kam badalli variantda avtomobilni xarid qiliş uçun dastlab kamroq mablağ kerak böladi, biroq foiz stavkasi yuqoriroq.

Boşlanğiç tölovni 25–60% gaça oşirgan xaridor esa ayrim banklarda kreditni ança past stavkada yoki umuman foizsiz olişi mumkin. Şu sabab Cobalt xaridida faqat boşlanğiç tölovga emas, kredit muddati, yillik stavka va yakunda jami qança tölanişiga ham e’tibor beriş lozim.

Avvalroq Chevrolet Cobalt sotib olgandan keyin nimalarni tekşiriş kerakligi haqida yozilgan edi.

Shuningdek