Mitsubishi Delica D:5 2027-yil avtomobili böldi

eʼlon qilindi
Delica tarixi 1968-yildan boşlanadi
Foto: Mitsubishi

Yaponiyaning Mitsubishi Motors kompaniyasi işlab çiqaradigan Delica D:5 miniveni 2027-yilgi RJC Car of the Year tanlovida maxsus mukofotni qölga kiritdi. Mukofot Yaponiya avtomobil tadqiqotçilari va jurnalistlari konferensiyasi (RJC) tomonidan topşirildi. Bu haqda kompaniya 12-noyabr kuni xabar berdi.

Delica D:5 nega mukofotlandi

Tanlov hakamlari modelning köp maqsadli miniven sifatidagi öziga xos örnini e’tirof etgan. Ularning ta’kidlaşiça, dizel dvigatelli versiyaning qöşilişi va muntazam texnik yangilanişlar avtomobilga xaridorlar orasida yanada keng talab şakllanişiga yordam bergan.

Bozorda 20 yildan beri mavjud bölgan Delica D:5 sönggi davrda eng yuqori yillik savdo natijasini qayd etgan. Mukofot ham modelning özgarib borayotgan talabga moslaşib, xaridorlar orasida maşhurligini saqlab qolganini e’tirof etadi.

Delica tarixi 1968-yildan boşlanadi

Mitsubishi Delica avtomobillarining tarixi 1968-yil iyulida ilk avlod modeli taqdim etilganidan boşlanadi. Dastlab yölovçi va yuk taşişga möljallangan avtomobil keyinçalik turli yöl şaroitlariga moslaştirildi.

Delica Star Wagon 1979-yilda, töliq ğildirakli uzatmali Delica modeli esa 1986-yilda taqdim etilgan. 1994-yilda Delica Space Gear paydo böldi.

Delica D:5 modeli 2007-yil yanvarida miniven qulayligi va yöltanlamas avtomobil imkoniyatlarini birlaştirgan model sifatida bozorga çiqarilgan. 2013-yilda unga tejamkor dizel dvigatelli versiya qöşilgan, 2019-yilda esa dizayni va xavfsizlik tizimlari yangilangan.

2026-yil yanvarida modelga S-AWC töliq ğildiraklarni boşqariş texnologiyasi joriy etildi. Bu tizim avtomobilning boşqaruv barqarorligi va yöldan taşqaridagi harakatlaniş imkoniyatlarini yaxşilaşga xizmat qiladi.

Mukofot qanday aniqlangan

2027-yilgi RJC Car of the Year tanlovi 36-marta ötkazildi. Unda 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-oktabrgaça Yaponiyada taqdim etilgan mahalliy avtomobil modellari qatnaşdi.

Tanlovning oltita finalçisi 30-oktabr kuni saralangan, yakuniy ovoz beriş esa 11-noyabrda ötkazilgan. Mitsubishi Motors avval RJC Car of the Year mukofotini beş marta, RJC Teçnology of the Year mukofotini olti marta qölga kiritgan. Kompaniya maxsus mukofotga esa bundan oldin ikki marta sazovor bölgan.

Avvalroq Özbekistonda Kia, Çery va Haval brendlariga tegişli avtomobillar savdosi 2026-yil oktabr oyida sentabrga nisbatan 19,1 foizga kamaygandi.

Shuningdek