
Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Budapeştda ötayotgan Total Chess World Championship Tour Pilot 2026 musobaqasining guruh bosqiçidagi birinçi ikki partiyasida 1 oçko jamğardi. Bu haqda turnirning rasmiy sayti xabar berdi.
Abdusattorov «A» guruhida fransiyalik Alireza Firuzjaga qarşi ketma-ket ikki partiya ötkazdi. Birinçi bahsda Firuzja oq donalarda ğalaba qozondi, javob partiyasida esa Abdusattorov oq donalarda öynab, durang qayd etdi. Guruh bosqiçida ğalaba uçun 3 oçko, durang uçun esa 1 oçko beriladi.
«A» guruhida peşqadamlar kim
Birinçi kun yakuniga köra, Alireza Firuzja va polşalik Yan-Kşištof Duda 4 oçkodan töplab, «A» guruhida peşqadamlik qilmoqda. Abdusattorov esa 1 oçkoga ega. «A» guruhida Abdusattorov va Firuzjadan taşqari Jorden van Foreest, Endryu Hong, Yan-Kşištof Duda va Levon Aronyan ham iştirok etmoqda. Har bir şaxmatçi guruh bosqiçida raqiblariga qarşi ikki martadan – ranglarni almaştirgan holda öynaydi.
Musobaqaning guruh bosqiçi joriy yil 11 – 15-noyabr kunlari ötkaziladi. Unda 24 nafar şaxmatçi 4 guruhga bölingan. Har bir guruhda 6 nafardan iştirokçi bor. Guruh bosqiçidan söng turnir nokaut tizimida davom etadi. 10-noyabr kuni ötkazilgan blits bosqiçida Abdusattorov 9 ta turda 1 ta ğalaba, 3 ta durang va 5 ta mağlubiyat qayd etib, jadvalning quyi qismida qolgan edi. Blits natijalari guruh bosqiçidagi tengliklarni aniqlash va nokaut bosqiçidagi joylaşuv uçun qöllanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdusattorov Total Chess reytingida uchinchi örinni egallagani haqida xabar bergan edi.