Nvidia rahbarining yana bir işqiy munosabati ortidan kompaniya aksiyalari 8 foizga tuşdi

eʼlon qilindi
Jensen Xuangning kompaniya xodimasi bilan munosabatlari haqidagi xabarlar tarqaldi
Foto: glen photo / Shutterstock.com

AQŞning Nvidia kompaniyasi aksiyalari 11-noyabr kuni asosiy savdolar yakunlanganidan keyin 8 foizdan ortiqqa tuşdi. Bunga kompaniya boş direktori Jensen Xuangning yana bir nikohdan taşqari munosabati haqidagi xabarlar va direktorlar kengaşi uning lavozimdagi kelajagini muhokama qilayotgani sabab böldi. Bu haqda The New York Times va CBS News xabar berdi.

Nvidia rahbari kompaniya vitse-prezidenti bilan munosabatda bölganmi?

The New York Times kompaniyadagi vaziyatdan xabardor beş nafar manbaga tayanib, 63 yoşli Jensen Xuang Nvidiaʼning soğliqni saqlaş yönalişi böyiça 48 yoşli vitse-prezidenti Kimberli Pauell bilan romantik munosabatda bölganini yozdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, mart oyida San-Xose şahrida bölib ötgan Nvidia konferensiyasi vaqtida Xuang va Pauell mehmonxonalardan birida bir-biriga yaqin munosabatda bölgani videoga olingan. Biroq jurnalistlar videoning özini körmaganini qayd etgan. Har ikkisi ham boşqa insonlar bilan nikohda.

CNBC bilan suhbatlaşgan kompaniyaning sobiq xodimi ikki rahbar örtasidagi munosabatlar haqidagi miş-mişlar bir neça yildan buyon mavjudligini bildirgan.

The New York Times Xuang bilan boğlanganida, u telefon suhbatini yakunlagan. Nvidia esa mazkur xabarlarga izoh bermagan.

Nvidia aksiyalari 8 foizdan köproqqa tuşdi

11-noyabr kungi asosiy savdolar Nvidia aksiyalari uçun ösiş bilan yakunlangan. Biroq yangi xabarlar e’lon qilingaç, birja yopilganidan keyingi savdolarda kompaniya qimmatli qoğozlari 8 foizdan ortiqqa arzonlaşib, $159,51 gaça tuşgan.

CBS News ma’lumotlariga köra, 8-noyabr kuni Nvidia direktorlar kengaşi Xuang bilan boğliq tekşiruv boşlaganidan buyon kompaniyaning bozor qiymati $450 mlrddan köproqqa qisqargan.

Şuningdek, The Wall Street Journal direktorlar kengaşi Xuangni lavozimidan çetlatiş masalasini körib çiqişga tayyorlanayotganini xabar qildi. Biroq uning işdan böşatilişi haqida yakuniy qaror qabul qilingani tasdiqlanmagan.

Xitoy razvedkasi bilan boğliq mojaro

Xuang atrofidagi mojaro avvalroq uning Singapurdagi Megaspeed kompaniyasining sobiq rahbarlaridan biri Elis Xuang bilan munosabatlari haqidagi xabarlar ortidan boşlangan edi.

Amerika razvedka idoralari Elis Xuangni Xitoy maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilganlikda gumon qilmoqda. Biroq uşbu ayblovlar sudda isbotlangani haqida ma’lumot yöq. Xitoy Taşqi işlar vazirligi esa josuslik haqidagi da’volarni rad etgan.

8-noyabr kuni Jensen Xuang rafiqasiga xiyonat qilganini tan olib, oilasi va kompaniya xodimlaridan uzr söragan. Nvidia direktorlar kengaşi esa xorijiy razvedka kompaniya rahbariga ta’sir körsatişga uringan bölişi mumkinligini tekşiriş uçun mustaqil suriştiruv boşlagan.

Kompaniya hozirça AQŞ milliy xavfsizligiga yoki Nvidiaʼning tijorat sirlariga zarar yetkazilganiga işoniş uçun asos yöqligini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nvidia aksiyalari Xuang atrofidagi mojaro sabab ketma-ket ikki savdo kunida qariyb 9,5% arzonlaşgani haqida xabar bergan edi. Kompaniya rahbarining xitoylik ayol bilan munosabatlari yuzasidan boşlangan tekşiruv investorlar xavotirini kuçaytirgan.

Shuningdek