Ostonada dollar yomğiri: yirik amaldorlar qölga olindi

eʼlon qilindi
Qozoğistonda ikki yirik davlat kompaniyasi rahbari uşlandi
Foto: Informkz

Qozoğiston poytaxti Ostonada köçada dollar pullari soçilib yotgani aks etgan video tarqaldi. Hodisa ortidan ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlar paydo böldi. Şu kuni mamlakatdagi ikki yirik davlat kompaniyasi rahbarlari korrupsiyada gumonlanib qölga olingani ham ma’lum böldi.

Ostonada köçada dollar pullari soçilib yotgani aks etgan video tarqaldi

12-noyabr kuni Ostonadagi Atlant-6 turarjoy majmuasi yaqinida olingani aytilayotgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Kadrlarda yerda çamadon va AQŞ dollariga öxşaş kupyuralar soçilib yotganini köriş mumkin.

Foto: Kursiv

Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, hodisa Kunayev köçasidagi 5-uy yaqinida yuz bergan. Guvohlarning aytişiça, çamadonlardan biri oçilib ketgan va içidagi pullar yerga soçilgan. Ayrim xabarlarda voqea joyida bir neçta çamadon bölgani aytilmoqda.

Hodisa yuzasidan 102 xizmatiga murojaat qilingan, şundan söng voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelgan. Hozirça pullarning aniq miqdori, kimga tegişli ekani va u yerda qanday paydo bölgani rasman ma’lum qilinmagan.

Foto: Kursiv

Qozoğistonda ikki yirik davlat kompaniyasi rahbari uşlandi

11-noyabr kuni Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi «Samruk-Kazyna» davlat fondi boşqaruvi raisi Nurlan Jakupov hamda «Qozoğiston temir yöllari» kompaniyasi boşqaruvi raisi Eljas Ötinşov korrupsiyada gumonlanib qölga olinganini ma’lum qildi.

Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Qömita xabarida boşqa şaxslar ham uşlangan. Biroq ularga qöyilayotgan gumonlarning tafsilotlari va iş doirasidagi moliyaviy zarar miqdori oçiqlanmagan. Idora tergov manfaatlarini közlab, Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq qöşimça ma’lumot berilmasligini bildirgan.

Jakupov 2023-yil aprelidan «Samruk-Kazyna» fondiga rahbarlik qilib kelgan. Ötinşov esa 2026-yil iyulida «Qozoğiston temir yöllari» kompaniyasi boşqaruvi raisi etib tayinlangan.

Çamadonlar va qölga olişlar örtasida aloqa borligi tasdiqlanmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Ostonadagi dollar solingan çamadonlar bilan davlat kompaniyalari rahbarlarining qölga olinişi örtasida boğliqlik borligi haqida taxminlar tarqaldi. Biroq Qozoğiston rasmiy idoralari hozirça bu ikki hodisa bir-biriga aloqador ekanini tasdiqlamagan. Şu sababli çamadonlardagi pullarni qölga olişlar bilan boğlaş uçun asos yöq.

Avvalroq Farğona viloyatining Beşariq tumanida hokim yordamçisi fuqaroga 150 mln sömlik kredit ajratib beriş evaziga iPhone 17 Pro Max olgan vaqtida uşlangandi.

Shuningdek