Özbek va qirğizlar örtasida mojaro çiqarişga urinişmoqda — Japarov

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli ham tilga olindi
Sadir Japarov
Foto: Bulak

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov saylovlar oldidan mamlakat janubida özbeklar va qirğizlar örtasida mojaro çiqariş rejalari muhokama qilinayotgani haqida ma’lumot olganini bildirdi. U özbek va qirğiz fuqarolarini provokatsiyalarga berilmaslikka çaqirdi. Bu haqda Japarov Facebook’dagi sahifasida yozdi.

Özbek va qirğizlarni bir-biriga qarşi qöyiş rejasi bor

Japarovning sözlariga köra, ayrim siyosatçilar saylovgaça mamlakat janubida özbek va qirğizlar örtasida nizo çiqariş hamda şu orqali saylovlarni ötkazmaslik rejasini muhokama qilmoqda.

U bunday provokatsiyalar yolğon xabarlar, odamlarning hissiyotlari va milliy ğururiga ta’sir qiluvçi gaplarni tarqatiş orqali amalga oşirilişi mumkinligini aytdi.

«Özbek bölasizmi yoki qirğiz bölasizmi, qanday provokatsion gaplar bölmasin, ularga ergaşmang», – deya murojaat qildi Japarov.

U, ayniqsa, 1990 va 2010-yillardagi özbek – qirğiz töqnaşuvlarini boşdan keçirgan katta avlod vakillarini yoşlarni ehtimoliy mojaroning oqibatlari haqida ogohlantirişga çaqirdi.

Japarov 1990 va 2010-yillardagi voqealarni eslatdi

Qirğiziston prezidenti 1990 va 2010-yillarda yuz bergan töqnaşuvlarda köplab oddiy özbek va qirğiz fuqarolari halok bölganini ta’kidladi. Uning fikriça, öşa mojarolardan siyosiy manfaat izlagan şaxslarning özlari jiddiy zarar körmagan, asosiy jabrlanganlar esa oddiy fuqarolar bölgan.

Japarov 20 – 25 yoşdagi, öşa voqealarni körmagan yoşlar provokatorlar qöliga tuşib qolmasligi kerakligini aytdi.

Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli ham tilga olindi

Japarovning ta’kidlaşiça, ayrim siyosatçilar Xitoy mavzusidagi provokatsiyalar qöllab-quvvatlanmagaç, özbek va qirğizlarni bir-biriga qarşi qöyiş rejasini ilgari surmoqda.

U buni Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişiga qarşi kayfiyat bilan ham boğladi. Japarov uşbu temir yöl qurib bitkazilsa, Qirğiziston uçun uzoq muddatli iqtisodiy imkoniyatlar oçilişini aytdi.

Huquq-tartibot idoralariga xabar berişga çaqirdi

Prezident provokatsion bayonotlar yoki harakatlarga duç kelgan fuqarolarni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi, Içki işlar vazirligining hududiy bölinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlariga xabar berişga çaqirdi.

«Provokatorlar qaysi millat vakili bölişidan qat’i nazar, oddiy aholiga zarar yetmasligi uçun bunday harakatlarning oldini olişimiz kerak», – dedi u.

Japarov, şuningdek, Qirğiziston hozir 1990 va 2010-yillardagi kabi zaif davlat emasligini, ehtimoliy mojaro yuzaga kelgan taqdirda uni tezda töxtatiş uçun davlatning kuç va imkoniyatlari yetarli ekanini bildirdi. Biroq u bunday vaziyatda baribir odamlar jabrlanişi mumkinligini ta’kidlab, mojaroga yöl qöymaslik kerakligini aytdi.

Avvalroq Sadir Japarov Andijon şahrida mamlakatning Boş konsulxonasini oçiş töğrisidagi farmonni imzolagandi.

Shuningdek