Özbekiston Rossiyaga alamli tarzda mağlub böldi

eʼlon qilindi
Behruz Karimov terma jamoadagi debyut golini urdi
Foto: UFA

Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentdagi örtoqlik uçraşuvida Rossiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Fabio Kannavaro şogirdlari bahs davomida ikki töp farqi bilan oldinda borayotgan bölsa-da, ikkinçi bölimda uçta gol ötkazib yubordi.

12-noyabr kuni «Paxtakor» stadionida ötkazilgan uçraşuvning dastlabki bölimida hisob Özbekiston tomonidan oçilmadi, biroq 5-daqiqada Rossiya himoyaçisi Viktor Melexin öz darvozasiga gol urib qöydi. Şu tariqa Özbekiston birinçi bölimni 1:0 hisobidagi ustunlik bilan yakunladi.

Behruz Karimov terma jamoadagi debyut golini urdi

Ikkinçi bölim boşlanişi bilan Özbekiston hisobdagi farqni oşirdi. 46-daqiqada Behruz Karimov raqib darvozasini işğol qilib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. 19 yoşli himoyaçi bu gol orqali milliy terma jamoadagi debyut golini qayd etdi.

Biroq Rossiya terma jamoasi öyinning sönggi qismida taşabbusni qölga oldi. 70 va 75-daqiqalarda Nikolay Komliçenko ikki bor gol urib, hisobni tenglaştirdi. 79-daqiqada esa Aleksey Mirançuk Rossiya terma jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi.

Qolgan daqiqalarda Özbekiston hisobni tenglaştira olmadi va uçraşuv 2:3 hisobida yakunlandi.

Jamoalar avval ham Toşkentda uçraşgan

Özbekiston va Rossiya terma jamoalari avval 2022-yil 20-noyabr kuni Toşkentda özaro örtoqlik uçraşuvi ötkazgan. Öşanda bahs 0:0 hisobida yakunlangan. Özbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA xalqaro öyinlar taqvimi doirasidagi navbatdagi uçraşuvini 17-noyabr kuni Qatarning Doha şahrida Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazadi.

Avvalroq 12-noyabr kuni Toşkentda Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida bölib ötgan örtoqlik uçraşuvini tojikistonlik hakamlar brigadasi boşqargani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek