Özbekistonlik ayol Epşteyn işi böyiça yangi ma’lumotlarni oşkor qildi

Amerikalik moliyaçi Jeffri Epşteyn tomonidan jinsiy zöravonlikka uçraganini bildirgan özbekistonlik ayol modellik agentligini öz xavfsizligini ta’minlamaganlikda aybladi. Ayol 18 yoşida Epşteynning uyiga fotosessiya uçun yuborilgani va keyinçalik uning jinsiy tajovuzlariga uçraganini ma’lum qildi. Bu haqda BBCʼning suriştiruvida aytiladi.
Agentlik rahbari Epşteyn bilan aloqalardan xabardor bölganmi?
Ayolning sözlariga köra, u 2009-yilda Özbekistondan AQŞga kelganidan taxminan bir oy ötib, MC2 Model Management agentligining Amerika bölimi tomonidan Florida ştatidagi Palm-Biç şahriga yuborilgan. U yerda Epşteynning uyida ikkita fotosessiya taşkil etilgan.
Öşa paytda Epşteyn voyaga yetmagan şaxsga qarşi jinsiy jinoyat sodir etgani uçun qamoq jazosini ötayotgan, biroq unga kunduzi uyidan turib işlaşga ruxsat berilgan. U fotosessiyalardan söng Epşteynning yordamçisi sifatida işga olinganini va keyinçalik muntazam jinsiy zöravonlikka uçraganini bildirgan.
Ayolning ta’kidlaşiça, MC2 agentligining AQŞdagi öşa paytdagi prezidenti Jeff Fuller uning qayerga yuborilayotganini bilgan.
BBC jurnalistlari qölga kiritgan xarajatlar hisobotida Fuller fotosessiyalardan keyin uning Palm-Biçdan qaytişi uçun aviaçipta bron qilgani körsatilgan.
Fuller esa avvalroq ayol Epşteynning uyiga yuborilganidan va unga nisbatan zöravonlik sodir etilganidan xabari bölmaganini bildirgan. U BBCʼning yangi savollariga javob bermagan.
Epşteyn modellik agentligiga $1 mln bergan
BBC suriştiruvida AQŞ Adliya vazirligi e’lon qilgan hujjatlar ham örganilgan. Ularga köra, Epşteyn sudlanganidan keyin MC2 Model Management agentligining kamida ön nafar modeli u bilan uçraşgan yoki aloqada bölgan.
Şuningdek, hujjatlarda Epşteyn 2005-yilda agentlikka $1 mln bergani qayd etilgan. Biroq ikki yil ötib, kompaniya egalari moliyaçining agentlikka aloqasi yöqligini bildirgan.
Suriştiruvda modellik sohasi vakillari Ramzi Elkolli va Feyt Keytsning Epşteyn bilan aloqalari ham örganilgan. BBC ma’lumotlariga köra, Elkolli moliyaçini 34 nafar ayol bilan taniştirişga uringan. Ularning orasida 18 yoşli maktab öquvçisi ham bölgan.
Elkolli Epşteynning jinoiy harakatlaridan xabari bölmaganini va zöravonlikka kömaklaşmaganini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, ayollarni moliyaçi bilan taniştirişdan maqsad ularga kasbiy imkoniyatlar yaratiş bölgan.
BBC bilan suhbatlaşgan yana bir ayol Epşteyn tomonidan 200-martadan ortiq jinsiy zöravonlikka uçraganini aytgan. Uning sözlariga köra, moliyaçi uning şaxsiy va moliyaviy hayotini nazorat qilgan.
Nyu-York ştati senatori Zelnor Mayri Epşteynning jinoyatlariga kömaklaşgan bölişi mumkin bölgan şaxslarni tergov qiliş imkoniyatlarini kengaytiruvçi qonun loyihasini ilgari surgan. Özbekistonlik ayol esa öz hikoyasini oşkor qiliş orqali boşqa jabrlanuvçilarni ham boşidan keçirganlari haqida gapirişga undaşni istayotganini bildirgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan özbekistonlik ayol AQŞ Kongressida Epşteyn tomonidan uç yil davomida jinsiy zöravonlikka uçragani haqida körsatma bergani haqida xabar bergan edi.