Pokistonda politsiyaga hujum qilindi: sakkiz xodim halok böldi

eʼlon qilindi
Politsiya avtomobillari yoqib yuborildi
Foto: Al-Arabiya

Pokiston şimoli-ğarbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida qurollangan şaxslar politsiya karvoniga hujum qildi. Oqibatda sakkiz nafar huquq-tartibot xodimi halok böldi, yana 13 kişi jarohatlandi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Politsiya avtomobillari yoqib yuborildi

Hujum 11-noyabr kuni Kohat tumanida sodir bölgan. Politsiya xodimlari noqonuniy oltin qazib oliş faoliyatiga qarşi operatsiya ötkaziş uçun Gumbat yaqinidagi hududga ketayotgan bölgan.

Viloyatdagi yuqori martabali ma’muriy amaldorning ma’lum qilişiça, hujum vaqtida sakkiz nafar politsiyaçi halok bölgan, 13 nafari jarohatlangan.

Qurollangan şaxslar hujum davomida politsiyaning ikkita avtomobiliga öt qöygan. Yana ikkita xizmat avtomobili va bitta xususiy transport vositasi bedarak yöqolgan. Peşovar şahridagi xavfsizlik xizmati vakili ham halok bölganlar soni sakkiz nafar ekanini tasdiqlagan. Hozirça hujum uçun javobgarlikni biror guruh öz zimmasiga olmagan.

Pokiston va Afğoniston örtasidagi keskinlik kuçaymoqda

Hujum sodir bölgan Xayber-Paxtunxva viloyatida xavfsizlik kuçlari qurolli guruhlarga qarşi kuraş olib bormoqda. Islomobod uşbu guruhlar Afğoniston hududidan faoliyat yuritayotganini ta’kidlaydi. Tolibon hukumati esa bunday ayblovlarni rad etib keladi.

Ikki davlat örtasidagi munosabatlar 2021-yilda Tolibon Afğonistonda hokimiyatni egallaganidan keyin keskinlaşgan. 2025-yil oktabrida yuz bergan qonli çegara töqnaşuvlari ortidan çegara deyarli töliq yopilgan. Vositaçilik orqali janglar vaqtinça töxtatilgan bölsa-da, 2026-yil fevralida mojaro yana kuçaygan. Pokiston Afğonistonga qarşi «oçiq uruş» e’lon qilganini bildirgan.

BMTning Afğonistondagi missiyasi ma’lumotlariga köra, 2025-yil oktabridan buyon ikki mamlakat örtasidagi janglarda yuzlab tinç aholi vakillari halok bölgan.

Viloyatda favqulodda boşqaruv joriy etilgan

Xayber-Paxtunxva viloyatida ötgan oy favqulodda boşqaruv çoralari joriy etilgan. Pokiston hukumati buni viloyat rahbariyatining qurolli guruhlarga qarşi yetarli çoralar körmagani bilan izohlagan.

Mazkur qaror qamoqda saqlanayotgan sobiq boş vazir Imron Xonning Pokiston Adolat harakati (PTI) partiyasi uçun viloyatda qolgan siyosiy ta’sir imkoniyatlarini ham çeklagan. Şundan söng Imron Xon tarafdorlariga qarşi keng kölamli çoralar körilib, yuzlab kişi hibsga olingan.

Avvalroq Yamandagi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar Saudiya Arabistoniga qarşi hujumlarni töxtatiş evaziga 51 mlrd dollar tovon puli va Yamandagi hokimiyatini rasman tan olişni talab qilgandi.

Shuningdek