Qimmat isitkiç kamroq elektr sarflaydimi — narx va xarajatni soliştirdik

eʼlon qilindi
Bir xil quvvatdagi isitkiçlarning narxi bir neça baravar farq qilsa ham, elektr sarfi deyarli bir xil bölishi mumkin
Foto: depositphotos.com

Sovuq kunlar boşlanişi bilan isitkiçlarga talab ham oşadi. Özbekistonda faoliyat yuritayotgan marketplace’larda hozir bunday qurilmalarni 150 ming sömdan boşlab bir neça million sömgaça bölgan narxda topiş mumkin.

Biroq narxdagi katta farq elektr sarfida ham şunça farq böladi degani emas. Kursiv Uzbekistan Uzum Market va Asaxiy’dagi elektr isitkiçlar narxi hamda ulardan foydalaniş xarajatini taqqosladi.

Uzum Market’da 2 kVtli isitkiçlar narxi qança

Foto: uzum.uz / Heatbox Pro’ning 2 kVtli keramik isitkiçi

Uzum Market’da eng arzon modellardan biri – HADIIY 099 QUYOŞ elektr isitkiçi ölçamiga qarab 137 900 sömdan 188 190 sömgaça narxlangan. Ayrim modellarning narxi 179 ming sömdan boşlanmoqda. Masalan, Heatbox Pro’ning xuddi şu quvvatdagi keramik isitkiçi 179 ming söm atrofida taklif qilinmoqda. 2000/3000/5000 quvvatdagi elektr ventilyatorli isitkiçlar esa 400 ming söm oraliğida narxda sotilmoqda.

Asaxiy’da esa isitkiçlar narxi nisbatan yuqoriroq segmentdan boşlanadi. Masalan, isitiş quvvati 1250 Vt / 2000 Vtli elektrik konvektor isitkiçi 489 000 ming söm, Ballu’ning 2000 Vtli yoqilğisiz issiqlik puşkasi 1 249 000 ming sömgaça chiqadi.

Moyli panelli isitkiçlar qimmatroq

Foto: uzum.uz / Moyli panelli isitkiç

Uzum Market’da qimmatroq toifadagi qurilmalar ham bor. Masalan, 2000/3000 Vtli moyli panelli isitkiç 549 000 sömdan 999 000 sömgaça sotuvga qöyilgan.

Demak, bitta marketplace’da örtaça 3000 Vt quvvatli moyli isitkiçlar qövurğalar soni, termometr-gigrometrga egaligiga qarab narxi 550 ming sömdan 1 mln sömgaça farq qilişi mumkin. Ular 35 m² gaça bölgan xonalar uçun issiqlik yetkazib berisi mumkin.

Foto: asaxiy.uz/Ballu BHP-PE2-3 (3 kVt) issiqlik pushkasi

Asaxiy.uz’da ham moyli isitkiçlar qimmatroq. Masalan, Loretto’ning 2900 Vtli moyli radiatorlari 899 – 979 ming söm oraliğida sotilmoqda. Shuningdek, 3 kVtli Ballu issiqlik puşkasi 1,249 mln sömga taklif qilinmoqda.

Narxi uch baravar farq qilsa ham elektr sarfi bir xil bölishi mumkin

Marketplace’lardagi takliflarni soliştirganda eng qiziq jihat şu: narxi 155 ming söm bölgan 2000 Vtli isitkiç ham, 489 ming yoki 849 ming sömlik 2000 Vtli konvektor ham maksimal rejimda işlaganda bir soatda nazariy jihatdan 2000 Vt soat elektr energiyasi sarflaydi.

Masalan:

  • Uzum’dagi Heatbox Pro – 2 kVt;
  • Asaxiy’dagi Heatbox Pro konvektori – 2 kVt;
  • Ardesto CHH-2000MWC – 2 kVt;
  • Resanta OK-2000 – 2 kVt.

Ularning narxi sezilarli farq qiladi, biroq maksimal quvvati bir xil. Bu yerda qimmatroq modelning ustunligi köproq qurilmaning konstruksiyasi, termostat, quvvatni boşqariş, xavfsizlik tizimlari va issiqlikni xona böylab qanday tarqatişida böladi.

Oyiga qança elektr ketadi

2000 Vtli isitkiç kuniga 4 soat işlasa:

2 kVt × 4 soat × 30 kun = 240 kVt·soat;

Kuniga 8 soat işlatilsa – 480 kVt·soat, 12 soatda esa 720 kVt·soat elektr sarflaydi.

Bu hisob isitkiç butun vaqt davomida maksimal quvvatda işlagan holat uçun. Termostatli qurilmalar kerakli haroratga yetgaç vaqtinça öchişi sabab amaldagi sarf pastroq bölişi mumkin.

Şunga qaramay, bitta 2 kVtli isitkiçning özi kuniga sakkiz soat işlatilganda bir oyda xonadonning elektr iste’moliga qariyb 480 kVt·soat qöşişi mumkin.

Arzon isitkiç oliş foydalimi?

Agar isitkiç faqat qisqa vaqt, masalan, xonani ertalab yoki keçqurun tez isitiş uçun kerak bölsa, Uzum’dagi 150 – 300 ming sömlik ventilyatorli model iqtisodiy jihatdan yetarli bölişi mumkin.

Biroq qurilma kun böyi işlatiladigan bölsa, termostatli konvektor qulayroq. Masalan, Asaxiy’dagi 369 ming sömlik Heatbox Pro yoki 489 ming sömlik Ardesto konvektorida haroratni boşqariş imkoniyati mavjud.

Moyli radiator esa qimmatroq – Asaxiy’dagi Loretto modellari qariyb 900 ming sömdan boşlanadi. Uning afzalligi korpus qizib olgaç issiqlikni bir muddat saqlab turişida. Ammo maksimal quvvatda işlayotganida uning elektr sarfi ham şunga yaraşa böladi.

Qaysi variant ma’qul

Marketplace’lardagi narxlardan kelib çiqib, isitkiç tanlaşda faqat qurilmaning narxiga qaraş yetarli emas. 150 – 300 ming sömlik 2 kVtli isitkiç ham, 800 ming sömlik 2 kVtli konvektor ham maksimal rejimda bir xil quvvat talab qilişi mumkin.

Şuning uçun xaridor uçun asosiy savol «qaysi isitkiç kam elektr yeydi?» emas, balki «u qança vaqt maksimal quvvatda işlaydi?» bölişi kerak.

Agar xona yaxşi issiqlik saqlasa va termostat isitkiçni vaqti-vaqti bilan öçirib tursa, elektr sarfi kamayadi. Agar isitkiç sovuq xonada uzluksiz maksimal quvvatda işlasa, uning narxi qimmat yoki arzon bölişidan qat’i nazar, elektr xarajati yuqori böladi.

Shuningdek