Rasman: Töxtasinov Jahon tillari universiteti rektori lavozimidan ketdi

eʼlon qilindi
Ilhomjon Töxtasinov öz xohişiga köra lavozimidan ozod etildi
Foto: UzDJTU

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Töxtasinov öz xohişiga köra lavozimidan ozod etildi. U universitetga 2023-yil sentabridan beri rahbarlik qilib kelayotgan edi. Bu haqda universitetning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Ilhomjon Töxtasinov kim

Ilhomjon Madaminoviç Töxtasinov 1980-yilda tuğilgan. U pedagogika fanlari doktori, professor. Töxtasinov Özbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. U 2005-yilda universitetning bakalavriat bosqiçini, 2007-yilda esa magistraturasini bitirgan.

Mehnat faoliyatini aynan Jahon tillari universitetida boşlagan. Turli yillarda ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida katta öqituvçi, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani hamda ingliz tili II fakulteti dekani lavozimlarida işlagan.

2015 – 2016-yillarda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Çet tillarini öqitişning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantiriş Respublika ilmiy-amaliy markazida direktor-prorektor sifatida faoliyat yuritgan.

2016-yildan 2023-yilgaça Samarqand davlat çet tillar institutiga rektorlik qilgan. 2023-yil sentabrida esa Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlangan.

Ilmiy faoliyati

Oliy ta’lim vazirligining 2023-yildagi ma’lumotlariga köra, Töxtasinovning 138 ta ilmiy-uslubiy işi mavjud bölgan. U 10 ta darslik, 6 ta monografiya va 84 ta öquv-uslubiy qöllanma muallifi.

Şuningdek, uning nomiga 19 ta patent va guvohnoma olingan. Xalqaro ilmiy-texnik bazalardagi jurnallarda 9 ta maqolasi çop etilgan, «Xirş indeksi» esa 19 ni taşkil qilgan.

Töxtasinov 18 ta özbek tilidagi maşhur asar va romanlarni ingliz tiliga tarjima qilib, naşr ettirgan. U Samarqand davlat çet tillar institutiga rahbarlik qilgan davrida xalqaro aloqalar böyiça 89 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik şartnomalari tuzilişiga taşabbus körsatgan. Şuningdek, 74 nafar xorijiy mutaxassis institutga jalb qilingan.

2023-yilda Jahon tillari universitetiga rektor etib tayinlangandi

2023-yil 9-sentabrda Ilhomjon Töxtasinov Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlangan. U şu munosabat bilan Samarqand davlat çet tillar instituti rektori lavozimidan ozod etilgan. 2026-yil 11-noyabr kuni esa Töxtasinov universitet jamoasi bilan oçiq muloqot ötkazgan. Universitetning rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda u öşa kuni rektor sifatida talabalar, professor-öqituvçilar va xodimlar bilan uçraşgani qayd etilgan.

Universitet matbuot kotibi ma’lumotiga köra, Töxtasinov 11-noyabr kuni öz xohişiga köra rektorlik lavozimidan ozod etilgan.

Avvalroq Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari, ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim muassasalaridagi beş rektorni işdan olgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Shuningdek