WB taxi faoliyati uçun yangi talablar belgilandi

12-noyabr 2026 11:38 eʼlon qilindi

Dilobar Yoʻldosheva

Dilobar Yoʻldosheva

Muxbir
Такси в Узбекистане
Foto: Wildberries

Raqobat qömitasi «WB Taxi» mas’uliyati çeklangan jamiyatni taksi buyurtmalarini joylaştiriş va agregator xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’lon qildi. Bu haqda qömitaning rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

WB Taxi faoliyati alohida nazorat qilinadi

Kompaniyada monopoliyaga qarşi komplayens tizimi majburiy tartibda joriy etiladi. Uning vazifasi WB Taxi’ning bozordagi ustun mavqeidan suiiste’mol qiliş holatlarining oldini olişdan iborat. Bu Raqobat qömitasi kompaniya faoliyatini raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya etilişi böyiça muntazam monitoring qilib borişini ham bildiradi.

Ustun mavqega ega deb topiliş kompaniya faoliyatining çeklanişi yoki taqiqlanişini anglatmaydi. Biroq operator öz mavqeidan raqobatni çeklaş yoki boşqa bozor iştirokçilari uçun teng bölmagan şartlar yaratiş maqsadida foydalana olmaydi.

WB Taxi Özbekiston bozoriga 2025-yilda kirgan

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Wildberries’ga tegishli kompaniya Özbekistonda WB Taxi’ni röyxatdan ötkazgani haqida xabar bergan edi. Kompaniya 2025-yil iyunida röyxatdan ötkazilgan, uning 99 foiz ulushi WB Int Export’ga, qolgan 1 foizi esa «RVB» mas’uliyati çeklangan jamiyatiga tegishli.

2026-yil sentabrida esa Raqobat qömitasiga WB Taxi faoliyati böyiça qariyb 20 ta murojaat kelib tuşgan. Yölovçilar taksining manzilga kelmasligi, haydovçi bilan qayta boğlaniş imkoni yöqligi va ayrim holatlarda operator tomonidan çora körilmayotganidan şikoyat qilgan. Şundan söng qömita kompaniyaga rasmiy sörov yuborgan edi.

Uklon va Yandex Go ham ustun mavqega ega operator sifatida tan olingan

WB Taxi bu maqomni olgan birinçi taksi agregatori emas. Joriy yil 2026-yil oktabrida Uklon ham Raqobat qömitasiga ega raqamli platforma operatori deb topilganini xabar qilingan.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan Raqobat qömitasi Yandex Goni ham taksi agregatorlari bozorida ustun mavqega ega operator sifatida tan olganini yozgan edi. 2024-yil yakunlari böyiça rasmiy ma’lumotlarda Yandex Go hisobga olingan taksi safarlarining qariyb 85 foizini va bozor aylanmasining 88 foizini ta’minlagan.

Shuningdek