17 yoşli qizning yalanğoç suratlarini tarqatiş bilan qörqitgan yigit uşlandi

Farğona viloyatida 17 yoşli qizni şaxsiy suratlarini tarqatib yuboriş bilan qörqitib, undan pul talab qilgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Gumonlanuvçi qizdan 595 ming söm olgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Boğdod tumanida yaşovçi fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida yaşovçi, 2009-yilda tuğilgan qiz bilan tanişgan.
U özini «Ali» deb taniştirib, muloqot davomida qizning şaxsiy suratlarini qölga kiritgan. Keyinçalik uşbu suratlarni internetda tarqatib yubormaslik evaziga undan pul talab qilgan.
Qizdan 595 ming söm undirgan
Gumonlanuvçi joriy yilning 18-oktyabr kuni qizni sir saqlanişi lozim bölgan ma’lumotlarni oşkor qiliş bilan qörqitib, uning tanişining nomiga rasmiylaştirilgan bank kartasiga 595 ming söm ötkazdirgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farğona viloyatining Beşariq tumanida hokim yordamçisi fuqaroga 150 mln sömlik kredit ajratib beriş evaziga iPhone 17 Pro Max olgan vaqtida uşlangandi.