47 mln söm: UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uçun çegirma e’lon qildi

13-noyabr 2026 14:30 eʼlon qilindi

(13-noyabr 2026 21:00 yangilandi)
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
47 mln söm: UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uçun chegirma e’lon qildi
Foto: SI / UzAuto Motors

UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uçun çegirmalar e’lon qildi. Tracker modellari uçun çegirma 47 mln sömgaça, Onix uçun esa 25 mln sömgaça yetadi.

Chevrolet Onix’ning ayrim komplektatsiyalari quyidagi çegirmalar bilan taklif etilmoqda:

  • 3LT MT – 20 mln söm;
  • LTZ Turbo AT – 17,5 mln söm;
  • PR 2 Turbo AT Plus – 25 mln söm;
  • Turbo AT Redline – 25 mln söm.

Chevrolet Tracker modellari uçun çegirmalar quyidagi miqdorda belgilangan:

  • LS Plus – 22,5 mln söm;
  • LTZ Plus – 35 mln söm;
  • Premier Plus – 45 mln söm;
  • Premier Redline –47 mln söm.

Çegirmalar avtomobil qiymati 100% oldindan tölanganda amal qiladi. Taklif avval xarid qilingan avtomobillarga tatbiq etilmaydi.

Qöşimça ma’lumotni UzAuto Motors’ning (78) 141-77-77 telefon raqami orqali oliş mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq UzAuto Motors Onix örindiqlari yuzasidan izoh bergandi. Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix avtomobili örindiği içki karkasida profilli quvur işlatilgani muhokama qilinmoqda. UzAuto Motors mazkur elementlar konstruksiyada nazarda tutilganini va örindiqlar zarur sinovlardan ötganini ma’lum qildi.

Shuningdek