Assaubayeva Abdusattorovni ortda qoldirdi

eʼlon qilindi
Asaubayeva — D guruhida 4-örinda
Foto: Kazsports.kaz

Qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva Budapeştda ötkazilayotgan Total Chess World Championship Tour Pilot 2026 turnirining guruh bosqiçida Özbekiston yetakçisi Nodirbek Abdusattorovdan köproq oçko jamğardi.

Asaubayeva guruh bosqiçining dastlabki ikki kunida beş oçko töpladi. U 11-noyabr kuni amerikalik grossmeyster Uesli So bilan ikki bor durang öynagan, keyingi kuni esa hindistonlik Arjun Erigaisi bilan bir ğalaba va bir mağlubiyat qayd etgan. Şu tariqa uning hisobida 5 oçko jamlandi.

Asaubayeva — D guruhida 4-örinda

Ikki turdan keyingi D guruhi jadvali quyidagiça:

  • Maksim Vaşye-Lagrav – 8 oçko;
  • Hans Moke Nimann – 8 oçko;
  • Arjun Erigaisi – 5 oçko;
  • Bibisora Assaubayeva – 5 oçko;
  • Uesli So – 3 oçko;
  • Rameşbabu Vayşali – 1 oçko.

Asaubayeva 5 oçko bilan Erigaisi bilan teng bölsa-da, qöşimça körsatkiçlar böyiça 4-örinda joylaşgan.

Abdusattorov — A guruhida 4-örinda

Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov esa A guruhida ikki turdan keyin 4 oçko bilan 4-örinda bormoqda.

A guruhi:

  • Yan-Kşiştof Duda – 8 oçko;
  • Jorden van Forest – 8 oçko;
  • Alireza Firuzja – 5 oçko;
  • Nodirbek Abdusattorov – 4 oçko;
  • Endryu Xong – 1 oçko;
  • Levon Aronyan – 1 oçko.

Şunday qilib, Assaubayeva 5 oçko bilan Abdusattorovdan bir oçko oldinda.

Turnirda 24 şaxmatçi qatnaşmoqda

Total Chess World Championship Tour Pilot 2026 turniri Budapeştda 10 – 20-noyabr kunlari ötkazilmoqda. Musobaqada 24 nafar kuçli şaxmatçi qatnaşmoqda.

Guruh bosqiçida şaxmatçilar ikki davrali tizimda bahslaşadi. Ğalaba uçun 3 oçko, durang uçun 1 oçko beriladi. Har bir guruhdan faqat ğolib yarim finalga yöl oladi. Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 650 ming dollarni taşkil etadi.

Qayd etiş joiz, turnirning dastlabki blits bosqiçida Asaubayeva 24 iştirokçi orasida 0,5 oçko bilan 24-örinni egallagan edi. Abdusattorov esa 2,5 oçko bilan 22-örinda qolgan. Özbekistonlik grossmeyster blitsdagi yagona ğalabasini aynan Asaubayevaga qarşi qayd etgan.

Avvalroq Bibisora Assaubayeva özining özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindarov bilan munosabatlari va ehtimoliy töyi haqidagi köplab sarlavhalarga hazil aralaş munosabat bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek