Buxorodagi yangi aeroportni Turkiya va Qatar kompaniyalari quradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Loyiha doirasida soatiga 1,2 ming yölovçiga xizmat körsatadigan terminal barpo etiladi
Foto: Uzbekistan Airports

Buxoroda yangi xalqaro aeroportni quriş va boşqariş böyiça xalqaro tenderda Turkiyaning Limak İnşaat Sanayi ve Ticaret A.Ş. hamda Qatarning Hamad Bin Khalid Contracting Company W.L.L. (HBK Contracting) kompaniyalari konsorsiumi ğolib böldi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Tender 2026-yil 12-martda e’lon qilingan bölib, davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida «quriş – topşiriş – boşqariş» (BTO) modeli böyiça taşkil etilgan.

Tanlov ikki bosqiçda – dastlabki malaka saralaşi (RFQ) va takliflarni baholaş (RFP) şaklida ötkazilgan. Yakuniy bosqiçga oltita xalqaro kompaniya ötgan. Ğolib Idoralararo tender komissiyasi tomonidan aniqlangan.

Yangi aeroport qanday quriladi?

Loyihaga köra, xususiy şerik soatiga 1,2 ming yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega yangi terminal, vokzaloldi maydoni, avtoturargoh va tegişli infratuzilmani quriş hamda boşqariş uçun mas’ul böladi.

Davlat esa aerodrom majmuasi, jumladan, uçiş-qöniş yölagi va perronni quriş hamda boşqarişni öz zimmasiga oladi.

Keyingi bosqiçda tomonlar örtasida 23 yillik davlat-xususiy şeriklik bitimi imzolanişi rejalaştirilgan. Uşbu muddat uç yilgaça davom etadigan quriliş davrini ham öz içiga oladi.

Hozirça ğolib konsorsium taklifining moliyaviy şartlari, investitsiyalar hajmi va daromadlarni taqsimlaş tartibi oşkor qilinmagan.

Tenderda ğolib bölgan kompaniyalar haqida

Turkiyaning Limak kompaniyasi xalqaro aeroportlarni quriş va boşqariş böyiça tajribaga ega. Jumladan, kompaniya Kosovodagi Priştina va Senegaldagi Dakar xalqaro aeroportlarini boşqaradi. Şuningdek, Istanbul aeroporti qurilişida qatnaşgan va Kuvayt xalqaro aeroportining yangi terminalini qurmoqda.

Qatarning HBK Contracting kompaniyasi esa 2022-yilda futbol böyiça jahon çempionati finali ötkazilgan Lusail stadionining boş pudratçisi bölgan.

Yangi Buxoro aeroporti Buxoro tumanidagi Qumsulton massivida barpo etilmoqda. Loyiha uçun 370 gektar yer ajratilgan. Aeroportda uzunligi 3,3 kilometr bölgan, barça turdagi havo kemalarini qabul qila oladigan uçiş-qöniş yölagi qurilişi közda tutilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxorodagi $300 mlnlik yangi xalqaro aeroportni 2027-yil Mustaqillik bayramiga qadar foydalanişga topşiriş vazifasi qöyilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek