Isroil Madrimov va Lazizbek Mullajonov Toşkentda jang qiladi

Özbekistonlik boksçilar Isroil Madrimov va Lazizbek Mullajonov Toşkentda taşkil etiladigan professional boks oqşomida ringga kötariladi. Turnir 10-dekabr kuni «Humo Arena» majmuasida bölib ötadi. Bu haqda Lift Promotions promouterlik kompaniyasi ma’lum qildi.
Madrimovning raqibi ma’lum
Turnirning markaziy jangida super yarim örta vazn toifasida sobiq WBA jahon çempioni Isroil Madrimov ozarbayjonlik Seymur Isayevga qarşi ringga çiqadi.
Madrimovning professional rekordi 11 ğalaba, 2 mağlubiyat va 1 durangdan iborat bölib, u 7 ta jangda raqiblarini nokaut bilan mağlub etgan. 2026-yil yanvarida boksçi AQŞda Luis David Salazarni hakamlar qarori bilan mağlub etgan.
Madrimov 2024-yil martida Magomed Kurbanovni beşinçi raundda texnik nokaut bilan mağlub etib, WBA çempionlik kamarini qölga kiritgan edi. Keyinçalik u Terens Krouford va Virjil Ortis Jr.ga qarşi janglarda ringga çiqqan.
Mullajonov ham turnirda qatnaşadi
Parij Olimpiadasi ğolibi Lazizbek Mullajonov ham 10-dekabr kuni Toşkentdagi boks oqşomida jang qiladi. Hozirça uning raqibi va jang formati böyiça qöşimça tafsilotlar e’lon qilinmagan.
Turnir dastlab 30-oktabr kuni ötkazilişi kerak edi. Biroq taşkiliy muammolar sabab musobaqa 10-dekabrga köçirildi.
Boks oqşomi 10-dekabr kuni soat 18:00 da «Humo Arena»da boşlanişi rejalaştirilgan.
Avvalroq özbekistonlik superoğir vazn bokscisi Bahodir Jalolov World Boxing xalqaro boks taşkiloti reytingida birdaniga 3 poğonaga kötarilib, törtinçi örinni egallagani haqida xabar berilgandi.