Sindarovning bobosi Tojikiston prezident kubogida «ramziy yuriş»ni amalga oşirdi

13-noyabr 2026 16:14 eʼlon qilindi

(14-noyabr 2026 11:26 yangilandi)
Dilobar Yoʻldosheva

Dilobar Yoʻldosheva

Muxbir
Foto: Uzbchessfederation.uz

Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisi örinbosari Komil Sindarov Duşanbeda ötkazilayotgan ikkinçi prezident kubogi xalqaro şaxmat turnirining oçiliş marosimida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston şaxmat federatsiyasi ma’lum qildi.

Sindarov turnirda «ramziy yuriş» qildi

Mazkur turnir ayni kunlarda Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida ötkazilmoqda. Uni rasman oçib beriş uçun faxriy mehmon sifatida Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisi örinbosari Komil Sindarov taklif etildi. Sindarov şaxmat taxtasida birinçi donani surib, «ramziy yuriş» boşlab berdi.

Komil Sindarov şaxmat böyiça 2026-yilgi Jahon çempionligi uçun da’vogar Javohir Sindarovning bobosi bölib, huquqşunos olim, yozuvçi, şoir, yuridik fanlar doktori hisoblanadi. Hozirda Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.

Federatsiyalar hamkorligi rivojlanmoqda

Foto: Uzbchessfederation.uz

Özbekiston şaxmat federatsiyasiga köra, tadbir Özbekiston va Tojikiston şaxmat federatsiyalari örtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanayotgan bir paytda ötkazilmoqda.

Komil Sindarovning ramziy birinçi yurişni amalga oşirişi ham ikki mamlakat şaxmat taşkilotlari örtasidagi aloqalarning bir körinişi sifatida qayd etildi.

Avvalroq Komil Sindarov nabirasining qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubaeva bilan turmuş qurişi haqida fikr bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek