
Özbekistonda madaniyat, san’at va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro tanlovlar ğoliblariga 300 mln sömgaça, respublika tanlovlari ğoliblariga esa 100 mln sömgaça bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 617-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilandi.
Xalqaro tanlovlar uçun qanday talablar bor
Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan röyxatga kiritilmagan xalqaro tanlov ğolib va sovrindorlari ham mukofot olişi mumkin. Buning uçun tanlov bir qator mezonlarga mos kelişi kerak.
Jumladan, unda 30 dan ortiq mamlakatlar vakillari iştirok etişi, tanlov haqidagi ma’lumotlar 20 dan ortiq mamlakatlar OAVda e’lon qilinişi, u UNESCO yoki boşqa yirik xalqaro taşkilot tomonidan qöllab-quvvatlangan yoxud tan olingan bölişi kerak. Şuningdek, tanlov kamida 4 bosqiçli saralaş tizimiga ega bölişi talab etiladi.
Mukofotlar qança
Nufuzli xalqaro tanlovlarda:
- Gran-pri – 300 mln söm;
- 1-örin – 300 mln söm;
- 2-örin – 200 mln söm;
- 3-örin – 100 mln söm.
Respublika miqyosidagi tanlovlarda esa Gran-pri va 1-örin sohiblariga 100 mln sömdan, 2-örin uçun 50 mln söm, 3-örin uçun esa 25 mln söm beriladi.
Bundan taşqari, bunday tanlovlar ğoliblarini tayyorlagan öqituvçi va konsertmeysterlarning oylik maoşiga bir yil davomida 100% gaça ustama tölaş, nufuzli xalqaro tanlovlarda iştirok etiş xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplaş ham nazarda tutilgan. Bu tizim 2026-yil 1-sentabrdan joriy etilgan Prezident farmonidagi vazifalarni amalga oşirişga qaratilgan.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Toşkentda taşkil etilgan yangi Zamonaviy san’at markaziga borib, uning faoliyati va taşrif buyuruvçilar uchun yaratilgan şaroitlar bilan tanişgani haqida xabar berilgan edi.