Microsoft’da yirik nosozlik: treyderlar telefon orqali işlaşga majbur bölmoqda

eʼlon qilindi
Treyderlar telefon va WhatsApp’ga ötdi
Microsoft
Foto: Fintech-retail

Microsoft’ning bulutli tizimlaridagi keng kölamli nosozlik sabab treyderlar Outlook, Teams va Copilot’dan foydalana olmay, telefon qönğiroqlari va muqobil aloqa kanallariga ötişga majbur böldi. Ayrim kompaniyalar moliyaviy hisobotlarini e’lon qilişni ham keçiktirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Treyderlar telefon va WhatsApp’ga ötdi

Nosozlik 12-noyabr kuni iş vaqtining katta qismida Microsoft’ning Outlook, Teams va sun’iy intellekt asosidagi Copilot xizmatlaridan foydalanişda muammolar keltirib çiqargan.

Bu holat bozorlarda keskin özgarişlar kuzatilayotgan bir paytga töğri kelgan. Microsoft dasturlarining işlamasligi treyderlar, brokerlar va banklar örtasidagi aloqa jarayonlarini sekinlaştirgan.

UBS’ning Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi savdo operatsiyalari böyiça rahbari Rita Elkatsining sözlariga köra, xodimlar odatdagi aloqa vositalari örniga telefon qönğiroqlari va boşqa kanallardan foydalanişga majbur bölgan.

CMC Markets Singapore savdo böyiça treyderi Yujin Kox esa odatda elektron poçta orqali bir neça soniyada hal qilinadigan masalalar endi telefon qönğiroği va bir neça daqiqa vaqt talab qilayotganini aytgan.

Savdo jarayonlarida keçikişlar yuzaga keldi

Nosozlikning özi savdo operatsiyalarini töliq töxtatmagan. Biroq bitimlar böyiça tasdiqlarni olişdagi keçikişlar hisob-kitob va back-office jarayonlariga bosimni kuçaytirgan.

BNP Paribas Asset Management kompaniyasining obligatsiyalar böyiça katta strategisti Ryutaro Kimuraning ta’kidlaşiça, bitimlar telefon va hatto faks orqali amalga oşirilgan.

Singapurdagi ayrim treyderlar ba’zi banklar bitimlarni yakunlay olmaganini bildirgan. Hindistondagi bir neçta brokerlik kompaniyalari ham mijozlarini xizmatlarga nosozlik ta’sir qilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Yaponiyada esa Microsoft’dagi muammolar davlat IT-platformasiga ham ta’sir qilgan. Moliya vazirligi elektron xatlarni qabul qila olmayotganini ma’lum qilgan.

Ayrim kompaniyalar hisobotlarni keçiktirdi

Microsoft’dagi nosozlik sabab Workhorse Group moliyaviy natijalarini e’lon qilişni keçiktirişini bildirgan.

Hedge-fond menejeri Kalvin Yeo esa elektron poçtasiga kira olmagani va elektron poçta orqali avtorizatsiya talab qiladigan brokerlik hisobotlari hamda savdo platformalaridan foydalanişda qiyinçilikka duç kelganini aytgan.

Uilson Asset Management vakili Metyu Hauptning sözlariga köra, kiçik kompaniyalar aksiyalari bilan işlaydigan treyderlar savdo hajmi pasayganini bildirgan.

Microsoft muammoni bartaraf etişga urinmoqda

Downdetector ma’lumotlariga köra, nosozlik yuz minglab foydalanuvçilarning murojaatlariga sabab bölgan. Microsoft esa zararlangan infratuzilmani tiklaş böyiça işlar ijobiy natija berayotganini bildirgan. Kompaniya avval muammoning sababini aniqlaş va yeçimlarni sinovdan ötkazişga vaqt sarflagan.

Nosozlik bir neça soat davom etgani sababli u Microsoft’ning sönggi yillardagi eng jiddiy uzilişlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Avvalroq Microsoft xarajatlarni nazorat qiliş fonida qariyb 60 ming xodimga kompaniyadan ixtiyoriy ravişda işdan ketiş va kompensatsiya olişni taklif qilgandi.

Shuningdek