Özbekiston aholisi kutilganidan qariyb 1 mlnga köp çiqdi

eʼlon qilindi
Mamlakat aholisining 50,6 foizini erkaklar, 49,4 foizini ayollar taşkil etadi
O‘zbekistonda 90 yoshdan oshganlar soni 18 mingdan ortdi
Foto: Unsplash

Özbekistonda 2026-yil 15-yanvar holatiga doimiy aholi soni 39 mln 47 ming 321 kişini taşkil etdi. Bu 1-yanvar holatidagi joriy hisob-kitoblardan 810,6 ming kişiga yoki 2,1 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasining 13 noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Röyxatga olişning yakuniy natijalariga köra, mamlakat aholisining 50,6 foizini erkaklar, 49,4 foizini ayollar taşkil etadi.

Şuningdek, aholining 21,28 mln nafari yoki 54,5 foizi şaharlarda, 17,77 mln nafari yoki 45,5 foizi qişloq joylarda istiqomat qiladi.

Yoş tarkibi böyiça aholining 55,7 foizi mehnatga layoqatli yoşdagilar hissasiga töğri keladi. 32 foizi mehnatga layoqatli yoşdan kiçiklar, 12,3 foizi esa undan kattalardir.

15 yoş va undan katta aholining 90,7 foizi kamida umumiy örta ma’lumotga ega. Jumladan, 3,27 mln kişi oliy va oliy ta’limdan keyingi, 9,74 mln kişi örta maxsus kasb-hunar, 11,63 mln kişi umumiy örta ma’lumotga ega.

Avvalroq 2026-yilning yanvar – iyun oylarida Özbekistonda 92,3 mingta nikoh qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek