Röyxatga olişning yakuniy natijalari: Özbekiston iqtisodiyoti hajmi qayta baholaşdan söng 15 foizga oşdi

eʼlon qilindi
YaIM hajmi 277 trln sömga oşirildi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Özbekistonda ötkazilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş yakunlariga köra, mamlakatda 12,24 mln boş yirik şoxli qoramol, 23,09 mln boş qöy va eçki hamda 120,9 mln boş parranda mavjud. Şuningdek, qişloq xöjaligiga oid 7,6 mln hisob birligi röyxatga olingan. Bu haqda 13-noyabr kuni Milliy statistika qömitasida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Qişloq xöjaligida qança yer işlatiladi

Röyxatga oliş natijalariga köra, 2025-yilda qişloq xöjaligida foydalanilgan umumiy yer maydoni 42,5 mln gektarni taşkil etgan.

Şundan 4,21 mln gektariga bir yillik ekinlar ekilgan, 613 ming gektari esa mevali boğlar va tokzorlar hissasiga töğri kelgan.

YaIM hajmi 277 trln sömga oşirildi

Röyxatga oliş natijalari hamda korxona va taşkilotlarning yangilangan yillik hisobotlari asosida 2017 – 2025-yillar uçun milliy hisoblar qayta körib çiqildi.

Natijada 2025-yil uçun nominal yalpi içki mahsulot (YaIM) hajmi avvalgi 1 849,7 trln sömdan 2 126,8 trln sömga yetkazildi. Farq 277,1 trln söm yoki 15 foizni taşkil etdi.

Uşbu ösişning 36,4 trln sömi aholini, 80,4 trln sömi qişloq xöjaligini röyxatga oliş, 160,3 trln sömi esa korxona va taşkilotlar böyiça yangilangan statistik ma’lumotlar hisobiga töğri keladi.

Qayta hisob-kitobdan keyin 2025-yil uçun YaIMning real ösiş sur’ati 7,8 foiz deb belgilandi. Avvalgi hisob-kitobda bu körsatkiç 7,7 foiz bölgan.

Statistik ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatlari

Milliy statistika qömitasi röyxatga oliş natijalari asosida 46 ta mikroma’lumotlar töplamini tayyorlagan. Ijtimoiy soha, sanoat, tadbirkorlik, qişloq xöjaligi va savdoga oid dastlabki 10 ta töplam qömita saytida e’lon qilinmoqda.

Bundan taşqari, NarxStat oçiq ma’lumotlar platformasi işga tuşirilgan. Unda iste’mol va işlab çiqaruvçi narxlari indekslari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda yoqilğining hududlar va tumanlar kesimidagi haftalik örtaça narxlari joylaştirilgan.

Avvalroq Özbekiston aholisi kutilganidan qariyb 1 mlnga köp çiqqani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek