Özbekiston va Qozoğiston ID-karta bilan çegaradan ötişni muhokama qilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
QazETA tizimida imtiyozlar berilişi mumkin
Endi Shoximardon va So‘x yo‘nalishi chegara postlari 24 soat ishlaydi
Foto: Facebook

Özbekiston va Qozoğiston fuqarolarining ikki davlat çegarasidan ID-karta orqali ötiş imkoniyati muhokama qilinmoqda. Bu masala Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev va Qozoğistonning mamlakatdagi elçisi Yerali Tuğjanov uçraşuvida körib çiqildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Uçraşuvda fuqarolarning özaro qatnovini yengillaştiriş va davlat çegarasidan ötişdagi tösiqlarni bartaraf etiş masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki davlat fuqarolariga çegaradan ID-karta orqali ötiş imkoniyatini yaratiş yuzasidan fikr almaşildi.

Tomonlar Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş masalalarini ham körib çiqdi.

QazETA tizimida imtiyozlar berilişi mumkin

Muzokaralarda Qozoğistonda joriy etilayotgan QazETA elektron kiriş ruxsatnomasi tizimi doirasida Özbekiston fuqarolariga ayrim imtiyozlar beriş imkoniyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, Özbekiston fuqarolarini Qozoğistonda taşkiliy tartibda işga joylaştiriş, tegişli huquqiy bazani takomillaştiriş va ikki davlat hududida fuqarolar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar bu yönalişlarda amaliy hamkorlikni davom ettirişga tayyor ekanini bildirdi.

Eslatib ötamiz, Qozoğistonda 1-noyabrdan xorijiy fuqarolar uçun QazETA elektron ruxsatnoma tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etila boşlangandi. Yangi tartib Özbekiston fuqarolariga ham taalluqli, biroq ruxsatnoma 2027-yil 1-iyuldan majburiy böladi.

Shuningdek